Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017 22.01.2003 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
Hujjat 12.08.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda uning markaziy apparati tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 150 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazirning bir nafar birinchi oʻrinbosari, vazirning uch nafar oʻrinbosari hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan toʻqqiz kishidan iborat Hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra vazirga, vazir oʻrinbosarlari esa vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq, shahar, tuman iqtisodiyot boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan hududiy iqtisodiyot organlari xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 390-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shahar iqtisodiyot boʻlimlari boshliqlari tuman va shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda bosh boshqarmalar, shahar va tuman iqtisodiyot boʻlimlari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlarini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlikka budjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriga, hududiy Iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlariga xodimlarning yuqori malakasi va muayyan xizmat muddati uchun ularga ustama belgilashiga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining budjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari yuqori malakasi va muayyan xizmat muddati uchun koʻrsatib oʻtilgan ustamalar manbai etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi bir oy muddatda Iqtisodiyot vazirligining budjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda yuqori malaka va muayyan xizmat muddati uchun ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda unga qarashli tashkilotlar egallab turgan xizmat binolari, shuningdek belgilangan texnik xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va unga qarashli tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xodimlari uchun belgilangan moddiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 22-maydagi 253-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 5-son, 18-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 11-oktabrdagi 474-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 37-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, tuman iqtisodiyot boʻlimining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim boshligʻi

— 1 kishi

Bosh mutaxassis

— 2 kishi

Etakchi mutaxassis

— 2 kishi

1-toifali mutaxassis

— 1 kishi

Jami

— 6 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy iqtisodiyot organlari xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Toifadan tashqari hududlar‎
‎Toshkent shahri‎
55 kishigacha ‎
2.‎ I-toifadagi hududlar‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent va Fargʻona viloyatlari
50—55 kishi‎
3.‎ II-toifadagi hududlar ‎
Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari
35—45 kishi‎
4.‎ III-toifadagi hududlar
‎Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
35 kishigacha‎
Respublika shaharlari va tumanlari Iqtisodiyot boʻlimlari xodimlari soni: ‎
shaharlarda — viloyat markazlarida‎ 6—8 kishi‎
shaharlarda, shahar tumanlarida‎ 4—6 kishi‎
qishloq tumanlarida‎ 5 kishi‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-yanvardagi 37-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (keyingi oʻrinlarda Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi)ning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan, mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini va kompleks dasturlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, chuqur ishlangan va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat oʻtkazilishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni mutanosib va dinamik rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp ukladli va samarali faoliyat koʻrsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini taʼminlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy tabiiy va mineral — xomashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik potensialdan samarali va oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona taʼminlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasining barqaror, izchil oʻsishini, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini hamda respublika hududlari boʻyicha joylashtirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa va oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan roʻyobga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligining Umumiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi muvofiqlashtiruvchi roli Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Qoʻshma hayʼat orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Qoʻshma hayʼat toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot vazirligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlatning boshqa organlari hamda joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, oʻz hisob-kitob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob-kitob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iqtisodiyot vazirligining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta oʻzgartirishlar maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta oʻylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirishning koʻp variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari boʻyicha qisqa va oʻrta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, toʻlov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlovchi taʼsirchan mexanizmni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yoʻnalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, toʻlov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik prognozlarni, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, odamlar farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning oʻrta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, ilgʻor, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni taʼminlovchi qisqa va oʻrta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul surʼatlari va nisbatlarini, mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini, telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport potensialini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tashqi savdo va toʻlov balanslarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozlarini tayyorlash, respublikani jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Iqtisodiyot vazirligining asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta oʻzgartirishlar maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada isloh qilish va barqaror, mutanosib rivojlantirishning puxta oʻylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari boʻyicha mamlakatdagi mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat resurslari potensialidan samarali foydalanishni taʼminlovchi qisqa va oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli darajasini, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni chuqur tahlil qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yoʻllarini asoslaydi, respublika iqtisodiyotining rivojlanishi ahvoli toʻgʻrisida yillik va har choraklik maʼruzalar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirishning har yilgi koʻp variantli ssenariylarini, muhim qiymat, moddiy va mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqadi, iqtisodiyotni barqaror, dinamik va mutanosib rivojlantirishni taʼminlash yoʻllarini asoslab beradi va metodlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet-soliq, pul-kredit, valyuta, narx va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishda, toʻlov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirishda va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, toʻlov va tarmoqlararo balanslar bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlovchi taʼsirchan mexanizmni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishning ahvoli va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish asosida iqtisodiyotda tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning aniq maqsadli siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, uning kompleks va samarali rivojlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorod xomashyo va mineral-xomashyo resurslari asosiy turlarini razvedka qilish, zaxiralarini, qazib olish, ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-suv resurslarini oʻrganish va baholashni tashkil qiladi, yer va suv resurslarining qisqa muddatli va uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi hamda yuqori samarali agrotexnologiyalarni, yerdan foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini istiqbolli joylashtirishning ilmiy asoslangan tizimlarini joriy etishni hisobga olgan holda yer fondidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini asoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konyunkturaning vujudga kelgan ahvoli boʻyicha muntazam monitoringni amalga oshiradi, undan kelib chiqqan holda tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni (mahalliylashtiruvchi va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni) rivojlantirish, ularni resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalar asosida zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat investitsiya siyosatini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi hamda davlat tarkibiy siyosatining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi, qurilishlarning tegishli aniq roʻyxatlarini kelishib oladi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, eng muhim va yirik investitsiya loyihalarining yigʻma ekspertizasini oʻtkazadi, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlov asosida tanlab olishni va ularning roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli davrlarga moʻljallangan demografik prognozlarni ishlab chiqadi, ijtimoiy siyosatni, shu jumladan ish oʻrinlari yaratish, aholini ish bilan taʼminlash, aholi daromadlarini va ularning xarid qobiliyatini oshirish, ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholining ayrim qatlamlarini aniq tarzda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va muhofaza qilish, xalqning moddiy farovonligini barqaror ravishda jadal oshirish masalalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat resurslari bozori mutanosibligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha sohalari va sektorlari uchun malakali kadrlar tayyorlash strategiyasini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyotini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va importni, savdo balansini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda har yilgi eksport, tashqi savdo va toʻlov balansini tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qoʻshma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetkazib berish (ishlar va xizmatlarni bajarish) hajmlari va tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning iqtisodiy safarbarlik rejasini belgilangan tartibda shakllantiradi va uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining mintaqaviy aspektini shakllantiradi, iqtisodiyot tuzilmalarini joylashtirish va iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini takomillashtirish strategiyasini asoslaydi, iqtisodiyot tuzilmalarini (ishlab chiqaruvchi kuchlarni) joylashtirishning oʻrta muddatli davrga moʻljallangan sxemalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda Oʻzbekistonning ekologik xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Vazirlar Mahkamasiga yirik strategik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga, normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, iqtisodiyotni chuqurlashtirish va erkinlashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy axborotlar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi, uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy oʻzgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini, ular moliyalashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan standartlarga toʻliq muvofiq holda zarurat boʻlganda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta oʻzgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-son qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Iqtisodiyot vazirligining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot vazirligiga unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining islohotlarning eng muhim ustuvorliklarini prognozlash va amalga oshirish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mutanosib rivojlantirish sohasidagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Hukumati topshirigʻiga koʻra xalqaro darajada oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, xorijiy davlatlar, savdo-iqtisodiy ittifoqlar bilan savdo-iqtisodiy bitimlarni tayyorlashda va tuzishda, xalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar ishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik doirasida iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni tanlab olish uchun ushbu ishlarni bajarish yuzasidan davlat buyurtmasiga muvofiq tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan budjet moliya resurslarini taqsimlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublika iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, (zarurat boʻlganda) sanoat, transport va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining yirik obyektlarini joylashtirish loyihalarini, ularning muayyan davrda iqtisodiyotning barqaror ishlashi talablariga muvofiqligi yuzasidan, ekspertizadan oʻtkazish va ushbu masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlarining va yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquqiy normalarga muvofiq boshqa davlatlarning iqtisodiyot idoralari bilan prognozlash metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga bevosita yoki oʻziga qarashli boʻlinmalar orqali yuklangan vazifalar doirasida xorijiy iqtisodiy idoralar va ilmiy institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda idoraviy va ilmiy-oʻquv markazlari, xoʻjalik hisobidagi konsultatsiya va axborot markazlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda iqtisodiyot sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun matbuot organlari taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi tizimiga kiruvchi vazirliklar va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi tizimi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishning yagona tizimini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot vazirligi iqtisodiyotni samarali, barqaror rivojlantirish yoʻllarini belgilashning asoslanganligi va metodlarining ishlab chiqilishi, Hukumatga taqdim etiladigan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tahliliy hujjatlari, takliflari, prognozlari va dasturlarining obyektivligi va kompleksliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot vazirligiga Vazir rahbarlik qiladi. Vazirni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirining bir nafar birinchi oʻrinbosari va Bosh boshqarmalar boshliqlari hisoblanadigan uch nafar oʻrinbosari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Vazirga, Vazir oʻrinbosarlari — Bosh boshqarmalar boshliqlari Vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari va unga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati shtatlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot vazirligida 9 kishidan iborat Hayʼat tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻzining muntazam oʻtkazib turiladigan majlislarida mamlakatni, tarmoqlarni va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini, prognozlash metodologiyasini va uni tashkil etishni yaxshilash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Iqtisodiyot vaziri buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazir oʻrinbosarlari — Bosh boshqarma boshliqlari rahbarlik qiladigan Bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlar, guruhlar Iqtisodiyot vazirligining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshliqlari maqomiga koʻra bosh boshqarma boshligʻiga, boʻlim boshliqlari – boshqarma boshligʻiga, guruhlar rahbarlari esa – boshqarma boshligʻining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligining boshqarma, boʻlim, guruh boshliqlari Vazir qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iqtisodiyot vazirligi oʻz huzuridagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarali iqtisodiy siyosat markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning 3-xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-apreldagi 196-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish respublika markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik maʼmuriy binosidan foydalanish boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali tahririyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari, shuningdek respublika shaharlari va tumanlaridagi iqtisodiyot boʻlimlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qarashli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimi tashkilotlari va muassasalari boshqaruv apparati xodimlari soni, shuningdek uning markaziy apparati tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Iqtisodiyot vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiyot vazirligi xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mukofotlardan, qoʻshimcha haq, ustama va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Iqtisodiyot vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari lavozim maoshlariga muayyan muddatli xizmati uchun har oylik ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan Iqtisodiyot vazirligi xodimlariga muayyan muddatli xizmati uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnatga haq toʻlash fondi, Iqtisodiyot vazirligining Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet mablagʻlari hamda budjet muassasalari va tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari Iqtisodiyot vazirligi xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 14-modda; 2004-y., 6-son, 70-modda; 32-son, 367-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2008-y., 37-38-son, 375-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2015-y., 32-son, 433-modda, 34-son, 456-modda, 36-son, 477-modda; 2016-y., 8-son, 75-modda)