Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 15.07.2014 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha oliy sport mahorati Respublika maktabini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada futbolni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Futbol boʻyicha oliy sport mahorati Respublika maktabiga (keyingi oʻrinlarda –– futbol boʻyicha ROSMM deb ataladi) istisno tariqasida, futbol boʻyicha ROSMM budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha umumiy xarajatlar amalga oshirilganidan qolgan qismining 50 foizini Oʻzbekiston futbol federatsiyasiga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi futbol boʻyicha ROSMM budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan futbol boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun sport anjomlari, forma va jihozlar xarid qilish shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-son