Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 6-bandining birinchi xatboshidagi “Soliqqa oid jinoyatlarga” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi “Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda, 12-son, 75-modda) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-yanvar,
27-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 12-modda)