Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2014 13.01.2003 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2014
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi paytida jamoat xavfsizligini taʼminlash va tartibni muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan obyektlar roʻyxatini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchiligida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
13-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat xavfsizligini taʼminlash va tartibni muhofaza qilishga qaratilgan hamda ommaviy tadbirlar oʻtkazish tartibini va ular qatnashchilari munosabatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar maqsadlari uchun koʻngilochar, teatr-tomosha, konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlarini, shuningdek kamida 100 kishi ishtirokida umumxalq, diniy, professional bayramlarni oʻtkazish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda, maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tashkil etiladigan kishilarni toʻplash ommaviy tadbir deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tashkilotchilari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar: tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlarni (harakatlarni) bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslar hamda tomoshabinlar ommaviy tadbirlar qatnashchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ommaviy tadbirlar roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan bunday maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan joylarda, tegishli ruxsatnoma olingandan keyin oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun) ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va shahar (Toshkent shahri uchun) ahamiyatiga ega boʻlgan tadbirlarni oʻtkazish uchun — viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga — tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish masalalarini koʻrib chiqish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qiluvchi komissiyalar tashkil etiladi (keyingi oʻrinlarda matnda “Komissiyalar” deb yuritiladi). Komissiyalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchilik qiladi. Komissiyalar tarkibiga Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy organlari va boshqa manfaatdor muassasalar va tashkilotlarning vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimlar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibi muhofaza qilinishini va xavfsizlikni taʼminlash ichki ishlar organlari tomonidan budjet mablagʻlari, shuningdek xayriya va diniy maqsadlarda oʻtkazilayotgan tadbirlar hisobiga pulli-shartnoma asosida amalga oshiriladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma olish uchun tashkilotchilar ommaviy tadbir oʻtkazishning moʻljallangan sanasidan kamida bir oy oldin tegishli komissiyalarga ariza bilan murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsning nomi va manzili, vakolatli shaxsning lavozimi koʻrsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotchi-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kamida ikkita muloqot telefoni raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tadbirning nomi, maqsadi va shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tadbir oʻtkaziladigan sana, joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tadbir boshlanishi va tamom boʻlishi vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qatnashchilarning moʻljallanayotgan soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tashkilotchilarning tadbir qatnashchilari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish yuzasidan majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ariza berilgan sana, tashkilotchilarning imzolari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza bilan bir vaqtda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foydalaniladigan texnik vositalar koʻrsatilgan holda tadbirlar dasturi (sahna maydonchasi, ovozni kuchaytirish, elektr manbai, chiroqlar bilan bezash, tozalash vositalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) obyektning tadbirni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida inshoot maʼmuriyatining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar ommaviy tadbirni oʻtkazish faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbir oʻtkazish toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar komissiya tomonidan 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Komissiya koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat berish yoxud sabablarini koʻrsatgan holda ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya qarorining nusxasi tashkilotchilarga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan taqdirda tashkilotchilar rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ruxsat berish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat olingandan keyin tashkilotchi oldindan, biroq tadbir boshlanishidan 10 kundan kechikmay, ichki ishlar hududiy organlarini yozma ravishda xabardor qilishi hamda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi toʻgʻrisida shartnoma tuzishi zarur. Bildirishnomaga jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash uchun ajratilayotgan mablagʻlar koʻrsatilgan holda ruxsatnoma, tadbirlarni oʻtkazish dasturi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tadbir oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ichki ishlar hududiy organlarining xizmatlari haqi tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi. Jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni amalga oshiruvchi shaxsiy tarkib xizmat uchun zarur boʻlgan maxsus va texnik vositalar bilan ichki ishlar hududiy organlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ommaviy tadbir oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish hamda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi ommaviy tadbir oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilotchilar ichki ishlar hududiy organlari bilan birgalikda komissiyalarga tasdiqlash uchun ishchi guruhlar tarkibini kiritadilar. Ishchi guruhlarga tadbirlarni oʻtkazish joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli mutaxassislar, tashkilotchilar, obyektlar maʼmuriyatlari, ichki ishlar hududiy organlari va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar tadbirning xususiyatiga, ob-havo sharoitlariga hamda qatnashchilar va tomoshabinlarning xavfsizligi taʼminlanishiga taʼsir qiluvchi boshqa omillarga bogʻliq ravishda tadbir oʻtkazilishi boshlanishidan kamida 2 kecha-kunduz oldin obyektni tekshirib chiqadilar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradilar, moʻljallangan tadbir oʻtkazilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tadbir oʻtkazilishini, jamoat tartibi, tomoshabinlar va qatnashchilarning xavfsizligi muhofazasi taʼminlanishini murakkablashtiruvchi hamda tadbir boshlangunga qadar bartaraf etish mumkin boʻlmagan holatlar aniqlangan taqdirda ishchi guruhlar komissiyaga mazkur tadbirni oʻtkazishni keyinroq muddatga qoldirish, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoxud ommaviy tadbirni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadilar. Komissiya ommaviy tadbir tashkilotchilari va obyekt maʼmuriyati vakillari ishtirokida ommaviy tadbir oʻtkazilishigacha oʻttiz olti soatdan kechikmay tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tadbirni oʻtkazish keyinroq muddatga qoldirilishi, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoxud ommaviy tadbir bekor qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya, ommaviy tadbir tashkilotchilari, ichki ishlar hududiy organlari ommaviy tadbir boshlanishidan kamida bir kecha-kunduz oldin tomoshabinlar va boshqa qatnashchilar qabul qilingan qarordan, ommaviy tadbir oʻtkazishning yangi muddatlaridan, chiptalar qiymati va tomoshabinlarning boshqa xarajatlari qaytarilishi shartlaridan xabardor qilinishini taʼminlaydilar. Ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joylarda koʻzga koʻrinarli va qulay joylarda ommaviy tadbir oʻtkazilishi keyinroq muddatga qoldirilganligi, u tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoxud ommaviy tadbir bekor qilinishi toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yirik ommaviy tadbirlarni (spartakiadalar, xalqaro musobaqalarni) tayyorlash va oʻtkazishda tegishli muassasalar va xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qoʻmitalar tashkil etiladi, tadbirga keluvchilar uchun xavfsiz sharoitlarni, jamoat tartibini buzish holatlari namoyon boʻlishi profilaktikasini, yongʻin xavfsizligini, tibbiy taʼminotni taʼminlovchi, tadbirlar oʻtkaziladigan joylar toʻldirilishi va tomoshabinlar evakuatsiya qilinishi tartibini, favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda xizmatlarning vazifalarini nazarda tutuvchi ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishning aniq rejalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini rejalashtirishda ularning tashkilotchilari tomonidan tadbir tamom boʻlgandan keyin uning qatnashchilari tomonidan jamoat transportidan foydalanish imkoniyati albatta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ommaviy tadbir tadbir dasturiga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda inshootlarda tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlovchi xizmatlarning funksional vazifalarini tartibga soluvchi hujjatlar, shu jumladan quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi majburiy hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishini tartibga soluvchi (muhandislik, qurilish konstruksiyalari va texnik tizimlarning ishonchliligi va barqarorligi) hujjatlar, tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yoʻllarining belgilangan normativlarga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi taʼminlanishi, tadbirlarni oʻtkazishning sport-texnologiya shart-sharoitlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmatlarning barcha turlari uchun texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ommaviy tadbirlar oʻtkazishda inshootdan foydalanishning umumiy tartibini tartibga soluvchi hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olingan holda tegishli hokimlik tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi tartibini tartibga soluvchi yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlarning inshoot hududi boʻylab harakatini tashkil etish, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam koʻrsatish joylari, yongʻinga qarshi inventar va asbob-uskunalar mavjudligi va ularning joylashishi sxemalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootga keluvchilarning oʻzini tutish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) navbatdagi (bir tipli turkumdagi) ommaviy tadbirni oʻtkazish qoidalarini tartibga soluvchi hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirni oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan tadbirlarni oʻtkazish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootning, uning barcha xizmatlarining tadbirni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida inshoot rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya aʼzolari (inshoot rahbari, ichki ishlar hududiy organlari, milliy xavfsizlik xizmati vakillari, tashkilotchining vakillari) tomonidan imzolanadigan obyektning shoshilinch-texnik tekshirib chiqilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar oʻtkaziladigan joyga olib kirish taqiqlangan buyumlar, ashyolar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish vaqtida obyektlarda va unga tutashib ketgan hududlarda spirtli ichimliklar, pirotexnika buyumlari, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish, shuningdek shisha idishdagi chanqovbosdi ichimliklarni sotish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ommaviy tadbirlar qatnashchilarining jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ommaviy tadbirlar tashkilotchilarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va obyektning maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joyni tanlashda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi shart-sharoitlarining mavjudligini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish vaqtini tanlashda tomoshabinlar va tadbirlarning boshqa qatnashchilari tomonidan jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlar avtomashinalari uchun kirish joylari mavjudligini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirda ishtirok etuvchi davlat boshqaruv organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalar rahbarlarini, faxriy mehmonlarni kutib olish va kuzatib qoʻyish joylarida shart-sharoitlarni taʼminlash va barpo etish masalasini ichki ishlar hududiy organlari va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt maʼmuriyati bilan birgalikda obyektdagi oʻrinlar sonini hamda tartib va xavfsizlik taʼminlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda tadbirlar qatnashchilari sonini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar hududiy organlari va milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda ularning xodimlarini joylashtirish uchun tomoshabinlar oʻtiradigan joylarning turli joylarida oʻrinlarning zarur sonini ajratish (har bir sektorda kamida 10 oʻrin, stadionlarda esa — har bir qatorda kamida bitta oʻrin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chipta (taklifnoma)larning orqa tomonida obyektga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar roʻyxati toʻgʻrisida axborot hamda tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda metall boʻyicha detektor nazorati toʻgʻrisidagi bildirishnoma mavjud boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni tayyorlashda, ularni oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlik taʼminlanishi boʻyicha ichki ishlar organlarining xarajatlarini qoplash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari ajratishni nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi yuzasidan ichki ishlar organlari bilan shartnomalar tuzish hamda ularga muvofiq pul mablagʻlari ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hollarda tadbirlarni foto, audio, video suratga olish va kinoga olish taqiqlanishi toʻgʻrisida tadbir qatnashchilarini oldindan xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ommaviy tadbirlar tashkilotchilarining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar qatnashchilaridan mazkur Qoidalarga qatʼi rioya qilinishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar hududiy organlaridan tadbirlarni oʻtkazish paytida obyektda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi uchun shartnoma shartlariga muvofiq kuchlar va texnik vositalar ajratilishini talab etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturga muvofiq chiqish (harakat) tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchilarning vakillari bilan kelishmasdan dasturda nazarda tutilmagan harakatlarni amalga oshirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibi xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelgan taqdirda tashkilotchilarning, maʼmuriyatning yoki ichki ishlar organlarining birinchi talabi bilan chiqishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlarda agressiv his-tuygʻular qoʻzgʻatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomosha paytida huquq-tartibotni taʼminlayotgan ichki ishlar organlaridan shaxsiy xavfsizlik taʼminlanishini, shuningdek normal chiqishga toʻsqinlik qiluvchi tomoshabinlarning xulq-atvori bilan bogʻliq holatlar bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir obyekti maʼmuriyatidan chiqishga tayyorgarlik koʻrish uchun shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tomoshabinlarning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibiga va xulq-atvorning ijtimoiy normalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootning jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar oʻtkaziladigan joyda boʻlish tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar talablariga, yongʻin xavfsizligiga rioya qilish boʻyicha tashkilotchilar (maʼmuriyatning vakillari) va huquq-tartibot organlarining talablarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tomoshabinlarning huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot hududi va tribunaga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi hujjatlar boʻyicha kirish hamda ularda koʻrsatilgan joyni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar oʻtkaziladigan obyektda joylashgan buyum saqlash joylari, garderoblar, yemakxonalar, kafe, maʼlumotlar byurosi, telefonlar, doʻkonchalar va boshqalardan belgilangan tartibda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha obyektlar maʼmuriyatining majburiyatlari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyekt maʼmuriyatining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdagi barcha muhandislik tizimlari va yoritish tizimlari uzluksiz ishlashini, binolar va inshootlar konstruksiyalari ishonchliligini, tribunalar, qatnashchilarni evakuatsiya qilish yoʻllari tayyorligini, yongʻin oʻchirish vositalari mavjudligini, obyekt xodimlarining favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yoʻriqnomalarini bilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbir tashkilotchisiga tadbir tomoshabinlari va qatnashchilari uchun moʻljallangan oʻrinlar soni toʻgʻrisida yozma axborot berish, obyektdagi oʻrinlar soniga muvofiq chiptalar sotilishi va taklifnomalar tarqatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning sanitariya talablariga muvofiqligini, obyekt ichi va unga tutashib ketgan hudud zarur darajada yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzga koʻrinarli joylarga xavfsizlik belgilari, koʻrsatkichlar, xulq-atvor, qoidalar, sxemalar, rejalar va evakuatsiya boʻyicha yoʻriqnomalar, yongʻin xavfsizligi qoidalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlariga ommaviy tadbir oʻtkazilishidan bir kecha-kunduz oldin tarqatilgan chiptalar va taklifnomalar soni, tomoshabinlar va boʻlajak tadbirlar qatnashchilarining moʻljallanayotgan soni toʻgʻrisida axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr manbaining avariya (avtonom) manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), mazkur tizimdan foydalanishga doir yoʻriqnomalar mavjud boʻlishini taʼminlash, masʼul navbatchini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir boshlangunga qadar obyektning mahalliy radiotranslyatsiya (ovozni kuchaytirgich) tarmogʻi orqali obyekt ichida tomoshabinlar va qatnashchilarning oʻzini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari eʼlon qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot maʼmuriyatining eng tayyorgarlik koʻrgan xodimlarining kuchi bilan obyektga kirishda nazorat-oʻtkazish rejimini taʼminlash, qatnashchilar va tomoshabinlarni maydon va tribunalarda chiptalar va maxsus ruxsatnomalarga muvofiq joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir qatnashchilarining transport vositalari uchun, qoidaga koʻra, obyektdan kamida 100 metr naridagi masofada toʻxtash joylari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining talablarini soʻzsiz bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyatining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan tadbirlar dasturlari oʻz vaqtida taqdim qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlar va tadbir qatnashchilariga xulq-atvor normalariga va mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilish majburiyatini yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar hajmi, xususiyati va uning qatnashchilar sonini hisobga olgan holda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi uchun yetarli boʻlgan zarur kuchlar va texnik vositalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini muhofaza qilish chogʻida milliy xavfsizlik xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish, ommaviy tadbirlar oʻtkazish davrida yoʻl xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiptalar sotish chogʻida kassalarda va obyektga tutashib ketgan hududda jamoat tartibi muhofaza qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va obyektlar maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va qatnashchilarning tadbirlar oʻtkaziladigan joyga xavfsiz oʻtishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mast holatdagi yoki giyohvand moddalar taʼsiri ostidagi shaxslarning ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarga oʻtishiga, shuningdek inshootlarda va ularga yaqin joylarda spirtli ichimliklar ichilishiga yoʻl qoʻymaslikda inshootlar maʼmuriyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlarning uyushib oʻtishlari va ularni minbarlarga, buning uchun ajratilgan boshqa joylarga joylashtirishda obyektlar maʼmuriyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tribunalar, sektorlarda va tutashib ketgan hududda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlik ishlarini tashkil etish, obyektga keluvchilarning xulq-atvorining belgilangan qoidalarga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini va maʼmuriyat tomonidan belgilangan xulq-atvor qoidalarini buzuvchi shaxslarni javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya yoʻllari va yongʻin xavfsizligining holati ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport jamoalari va ijodiy jamoalarga, shu jumladan teatr-tomosha va sport muassasalarining boshqa xodimlariga ommaviy tadbirlar oʻtkazish chogʻida paydo boʻladigan noodatiy vaziyatlar sharoitlarida oʻzini tutish qoidalari boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini qoʻzgʻatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar tamom boʻlgach, zarurat boʻlganda esa ularni oʻtkazish davrida (yongʻin, tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar va boshqalar kelib chiqqan taqdirda) Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli xizmatlari va obyektlar maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va tadbirlar qatnashchilarini tribunalar, sektorlar va ularga tutashib ketgan hududlardan evakuatsiya qilish jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek ularning jamoat transportida joʻnab ketishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlarni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash yuzasidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tashkilotchilari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir oʻtkaziladigan joyga odamlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi buyumlar va ashyolar olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qatnashchilar, shu jumladan maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan holda, koʻzdan kechirilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan, inshootlar va tadbirlar oʻtkaziladigan boshqa obyektlar maʼmuriyatidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootdagi oʻrinlar sonidan yoki tomoshabinlar va tadbir qatnashchilari uchun tayyorlangan joylardan ortiqcha chiptalar sotmaslikni va maxsus ruxsatnomalar tarqatmaslikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish joylari va evakuatsiya yoʻllari har xil buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot ichida va unga tutashib ketgan hududda spirtli ichimliklar bilan savdo qilish taqiqlanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar maʼmuriyatiga obyektga keluvchilar, ayniqsa yoshlar va oʻsmirlar bilan qatnashchilar va tomoshabinlarning oʻzini tutish qoidalariga rioya etishlari boʻyicha koʻrgazmali tashviqot, mahalliy retranslyatsiya tarmogʻi va boshqa vositalardan foydalangan holda vaqti-vaqti bilan tushuntirish ishlari olib borish majburiyatini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootlar maʼmuriyatining eng tayyorgarlik koʻrgan xodimlarining kuchlari bilan nazorat-oʻtkazish rejimi tashkil etilishini, qatnashchilar va tomoshabinlar ular tomonidan sotib olingan chiptalar, maxsus ruxsatnomalar va taklifnomalarga muvofiq tribunalar va sektorlarga joylashtirilishini tashkil etishini talab etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bir yilda kamida bir marta ichki ishlar hududiy organlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda foydalanish ishonchliligini va qurilish konstruksiyalari chidamliligini, evakuatsiya yoʻllarining normativlarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek yongʻin xavfsizligi choralarini belgilash maqsadida ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun foydalaniladigan tomoshalar oʻtkaziladigan inshootlarning texnik tekshiruvi oʻtkaziladi. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish uchun komissiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Qoidalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 10-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)