Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish, isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarning soʻmdagi mablagʻlarini konvertatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-yanvar,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) 2-ilovada:
2-bandning “v)” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) xorijiy valyutani isteʼmol tovarlari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar va xizmatlar importi uchun xarid qilish”;
31-bandning “v)” kichik bandi chiqarib tashlansin;
33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Isteʼmol tovarlarini import qilishda vakolatli bankka qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
a) tovarlarni chakana sotuvchi korxonalar uchun:
naqd savdo tushumi inkassatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
b) ulgurji savdo korxonalari uchun:
import tovarlar sotishdan tushgan naqd pullar chakana savdo tashkilotlariga tushganligi toʻgʻrisida vakolatli banklar tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-iyundagi 235-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 35-modda) 2-bandi “rezidentlariga” soʻzidan keyin “va norezidentlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 10-oktabrdagi 354-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 58-modda) ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar” deb nomlangan boʻlimi 7-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 6-modda; 15-16-son, 129-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)