11.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 146-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 146-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2014-yil 11-iyuldagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektron nazorat-kassa mashinalari (NKM)ga texnik talablarni (roʻyxat raqami 146, 1995-yil 29-may) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2008-yil 6-fevraldagi 20-03-14/14-sonli taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish boʻyicha davlat idoralararo komissiyasining 1995-yil 18-maydagi 15-1-60-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektron nazorat-kassa mashinalari (NKM)ga texnik talablarni (roʻyxat raqami 146, 1995-yil 29-may) davlat reyestridan chiqarish haqidagi mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) mazkur buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 355-modda)