08.07.2014 yildagi PF-4630-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4630-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Barcha tashqi savdo shartnomalari valyuta nazorati organlarida, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYEAT) orqali vakil qilingan banklarda monitoringdan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Davlat bojxona xizmati organlari tashqi savdo shartnomalari boʻyicha tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning TSOYEATga toʻliq, oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi nazorati (monitoringi)ni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakil qilingan banklar tashqi savdo shartnomalari boʻyicha pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYEATga toʻliq, oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi kundalik nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarining belgilangan muddatlarda kelib tushmagani yoki kam miqdorda tushgani haqidagi maʼlumotlar TSOYEATda shakllantiriladi. Davlat soliq xizmati organlari tegishli choralar qabul qilish uchun TSOYEATdagi maʼlumotlardan foydalanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Vakil qilingan banklar pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYEATga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov shakllarining toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha javobgardirlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi PF-1096-sonli Farmonining 4-bandida “va vakil qilingan banklarda qayd etilgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi lozim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshida “faqat xizmat koʻrsatayotgan vakolatli bankda hisobga qoʻyilgan” soʻzlari maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 336-modda)