OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2343-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 64-sonli ““Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2343-4, 12.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343, 2012-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyun,
46-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-iyundagi 46-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “oʻquv kurslarida” degan soʻzlar “kurslarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“8. Taʼlim muassasasi tomonidan soliq maslahatchilarining malakasini oshirish maxsus kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
9. Soliq maslahatchilari har yil 15-aprelgacha soliq maslahatchilarining malakasini oshirish maxsus kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV
2014-yil 27-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 351-modda)