Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING VAKOLATLARI MUDDATINI 1997-YILDAN 2000-YILGACHA UZAYTIRISH TOʻGʻRISIDAGI REFERENDUM YAKUNLARIGA DOIR AXBOROT HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan umumxalq ovoz berishi yakunlari haqida Referendumni oʻtkazuvchi markaziy komissiya raisi Q.A. Ahmedovning axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Referendumni oʻtkazuvchi markaziy komissiya raisi Q.A. Ahmedovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Taʼkidlab oʻtilsinki, referendum natijalari fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovga yuksak ishonchidan, uning rahbarligi ostida oʻtkazilayotgan davlat mustaqilligi va xavfsizligini taʼminlashga, mamlakatda demokratiya va huquqni yanada rivojlantirish, fuqarolar jamiyatini qaror toptirish, bozor munosabatlariga oʻtish, xalqning maʼnaviy yangilanishi, barqarorlik va ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan ichki va tashqi siyosat, siyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻlini butun xalq qoʻllab-quvvatlayotganligidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 5-may,
46-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 94-modda)