Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QOʻMITALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qoʻmitalari tashkil etilsin:
Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasi
Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qoʻmitasi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat koʻrsatish qoʻmitasi
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish qoʻmitasi
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi
Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi qoʻmitasi
Matbuot va axborot qoʻmitasi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
2. Deputatlarning kasb-kor qiziqishlarini, ularning ishlab chiqarishga oid va hayotiy tajribasini, erkin izhor etilgan mayl-istagini inobatga olib qoʻmitalar tarkibini shakllantirish hamda ushbu masalani Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasi tasdigʻiga kiritish vazifasi Oliy Majlis Kengashi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 23-fevral,
12-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 19-modda)