25.06.2014 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda Fargʻona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 15-noyabrdagi PQ-1641-son qaroriga muvofiq Fargʻona shahrida bunyod etilgan Sanʼat saroyidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona shahar Yuksalish koʻchasida qurilgan Sanʼat saroyining Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi sifatida faoliyat olib borishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek va jahon mumtoz sanʼati anʼanalarini, teatr, musiqa, raqs va milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va targʻib qilish hamda oʻzbek xalqining boy maʼnaviy merosini tarannum etuvchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulugʻlovchi yorqin sahna asarlarini namoyish etish orqali aholining keng qatlamlarini sanʼat ustalari va isteʼdodli yosh ijrochilarining ijodidan bahramand etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini mustahkamlash, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻoya ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi rang-barang ijodiy dasturlar orqali yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga molik muhim tadbirlar, xalqaro festivallar, koʻrik-tanlovlar, konferensiyalar, ijtimoiy-madaniy anjumanlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona viloyati hokimligi Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi binosining belgilangan tartibda Fargʻona viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufiga oʻtkazilishini hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyini moliyalashtirish saroyning faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek homiylar mablagʻlari va davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fargʻona viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyining yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zarur maxsus asbob-uskunalar, xavfsizlikni taʼminlovchi texnik vositalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarning 2014-yil uchun Fargʻona viloyati mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin, 2015-yildan boshlab mazkur mablagʻlarni Fargʻona viloyati mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyining shtatlar jadvalini, xodimlar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyini doimiy ravishda malakali xodimlar bilan taʼminlab borsin hamda uning samarali faoliyat yuritishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyining daromadlari shakllantirilishi, mablagʻlardan oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi faoliyati uchun zarur boʻlgan 2 (ikkita) avtotransport, shu jumladan 1 (bitta) maxsus avtotransport taʼminoti uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 317-modda)