Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 12.06.2014 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 12.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning aylanishi sohasida tadbirkorlik subyektlarining ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-yil., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 12-iyundagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy atamalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdoni amalga oshirish uchun yuridik shaxslarga va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi) beriladigan ruxsat etish tusidagi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni bajaruvchi, roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi oʻrinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) hujjatlar taqdim etuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Asillik darajasini belgilash palatasida quyidagilar roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, ilmiy, harbiy, oʻquv va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, ishlov berish, qoʻllash ishlarini amalga oshiruvchi, sotib oluvchi, realizatsiya qiluvchi, garovga qabul qiluvchi, savdo qilishda vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi, saqlovchi, koʻrsatilgan qimmatliklarni, ularni oʻz ichiga olgan turli predmetlarni koʻrgazmaga qoʻyuvchi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning parchalari va chiqindilarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar, shu jumladan keyinchalik qayta ishlashga joʻnatish uchun tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan uzel va detallarni ajratib olish maqsadida harbiy-texnika vositalarini utilizatsiya qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralarga qarashli boʻlgan harbiy qismlar, boʻlinmalar, tashkilotlar va muassasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlovchi, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan ishlarning turlari tashkilotning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilsa, tasarrufida ushbu tarkibiy boʻlinmalar boʻlgan tashkilot roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi, tegishli boʻlinmaning rekvizitlari koʻrsatilgan holda, tashkilotga — yuridik shaxsga har bir tarkibiy boʻlinma uchun alohida-alohida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tahlil uchun azot kislotali kumushdan foydalanuvchi, qimmatbaho metallarni uskunalar, priborlar, elektr texnikasi, ishga tushirish-tartibga solish qurilma va avtomatikalar tarkibida, butlovchi buyum va detallarda, tarkibida kumush boʻlgan, yorugʻlikka taʼsirchan materiallarni (kinodan nusxa koʻchiruvchi korxona va kinostudiyalardan tashqari) ishlatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Asillik darajasini belgilash palatasida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirishga — ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha 5 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha 1 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlashga, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi ariza beruvchilarga ularni ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Asillik darajasini belgilash palatasida roʻyxatdan oʻtkazishda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashda ruxsat berish shartlari va talablariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek ular bilan ishlash boʻyicha normativ-texnik talablarga majburiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarning tegishli turlarini amalga oshirishga talablarni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshirilgan holatda — litsenziyaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish moʻljallanayotgan ariza beruvchiga tegishli bino va xonalarga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hamda belgilangan talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritiladigan joylarda yongʻin xavfsizligi, sanitariya-gigiyena normalari va materiallar, xom ashyo, tayyor buyumlarni saqlashning belgilangan talablariga muvofiqlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni saqlash, hisobga olish va tashish talablariga hamda ularni realizatsiya qilish tartibiga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti ish kunidan kechikmay Asillik darajasini belgilash palatasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tomonidan — qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yuridik shaxsning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisida, shuningdek unga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan joyning yoki faoliyat turining oʻzgargani boʻyicha qaror qabul qilingani toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi, faoliyat koʻrsatish joyi, turi va boshqa maʼlumotlarning oʻzgargani haqida xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Arizani koʻrib chiqish va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun ariza beruvchi — yuridik shaxs tomonidan Asillik darajasini belgilash palatasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish uchun ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning faoliyati xususiyatiga muvofiq oʻlchovlar doirasida “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan berilgan tarozilar, (turli ogʻirlikdagi) toshlarning tekshirilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish moʻljallanayotgan obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organlari xulosasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish moʻljallanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ajratilgan obyektlar uchun obyektning texnikaviy mustahkamligi hamda uning shartnoma asosida texnikaviy qoʻriqlash pultiga ulanganligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar hududiy organlari huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan obyektni tekshirish dalolatnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va uni berish uchun yigʻimlar toʻlangani toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlashga, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash ishlariga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga ariza beruvchi — yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish uchun ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatining xususiyatiga muvofiq, faoliyat turiga va aniqlik klassiga bogʻliq holda, tarozilar, (turli ogʻirlikdagi) toshlarning tekshirilgani toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish moʻljallanayotgan obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organlari xulosasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va uni berish uchun yigʻimlar toʻlangani toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Asillik darajasini belgilash palatasi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Asillik darajasini belgilash palatasiga bevosita, hujjatlarning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat hujjatlarning Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qabul qilib olingan sanasi qayd etilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asillik darajasini belgilash palatasi arizani ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini beradi yoki uni berishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun — yuridik shaxsdan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlashga, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlashga berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun — yakka tartibdagi tadbirkordan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan yigʻim summasi Asillik darajasini belgilash palatasi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni bajarish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga zarar yetishi xavfi paydo boʻlishiga shubhalar paydo boʻlgan taqdirda Asillik darajasini belgilash palatasi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yuridik shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning ishlab chiqarish bazasini uning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga tayyorligini aniqlash yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Asillik darajasini belgilash palatasi ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini beradi (yuboradi) yoki uni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishni rad etish haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda uni yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Asillik darajasini belgilash palatasi arizachining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqishning belgilangan muddati mobaynida ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini bermagan (yubormagan) yoki uni berishni rad etmagan taqdirda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtgach ariza beruvchi oʻzi amalga oshirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olishni niyat qilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni, bu toʻgʻrida Asillik darajasini belgilash palatasini yozma shaklda xabar qilgan holda bajarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Asillik darajasini belgilash palatasi ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berishi shart. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olingungacha, hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda ariza beruvchi tomonidan Asillik darajasini belgilash palatasiga yuborilgan yozma xabarnoma roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga tenglashtiriladi hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan bevosita ariza beruvchining — yuridik shaxsning rahbariga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga yoxud belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi sharti bilan ularning vakolatli vakiliga beriladi (yuboriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish (yuborish) toʻgʻrisida berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari reyestriga Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga berganlik uchun — yuridik shaxsdan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlashga, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlashga berganlik uchun — yakka tartibdagi tadbirkordan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan yigʻim summasi Asillik darajasini belgilash palatasi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish rad etilganda, shuningdek ariza bergan berilgan arizasini rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib beriladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxsning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Asillik darajasini belgilash palatasi yuridik shaxsga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan savdo obyektining joylashishi tartibini (dislokatsiyasini) ham beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo obyektining joylashishi tartibini olish uchun Asillik darajasini belgilash palatasi ariza olingan sanadan boshlab ikki kundan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qiladi. Bunda savdo obyekti joylashishi tartibini tasdiqlash va uni Asillik darajasini belgilash palatasiga yuborish Asillik darajasini belgilash palatasining murojaati tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha xulosaning asosli ravishda salbiy boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishning boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligiga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi tegishli xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi), unda rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish rad etilgani toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish yoki berishni rad etish Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ariza beruvchining rad etishning sabablari bartaraf etilgani va ularning bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va sabablarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining arizasini takroriy koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishning rad etilgani toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishning rad etilganligi, shuningdek Asillik darajasini belgilash palatasi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yoxud uning tomonidan unga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyatining joyi va turini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda yuridik shaxs (uning huquqiy vorisi) qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoxud faoliyatining joyi va turini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yetti ish kuni mobaynida Asillik darajasini belgilash palatasiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi, unga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyatining joyi yoki turi oʻzgargan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkor qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Asillik darajasini belgilash palatasiga yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash boʻyicha ishlarga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart, arizaga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan Asillik darajasini belgilash palatasiga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha yuridik shaxs (uning huquqiy vorisi) va yakka tartibdagi tadbirkor unda koʻrsatilgan ishlarni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida, Asillik darajasini belgilash palatasining ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgisi bilan amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Asillik darajasini belgilash palatasi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va berish (qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishda savdo obyektining yangi joylashish tartibi (dislokatsiyasi) bilan birga) Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan, quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta rasmiylashtirilganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkordan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga qayta rasmiylashtirganlik uchun — yuridik shaxsdan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini tayyorlash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash ishlariga qayta rasmiylashtirganlik uchun — yakka tartibdagi tadbirkordan eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishi unda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza unda koʻrsatilgan muddat tugagungacha ariza beruvchi tomonidan berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga uzaytirganlik uchun — yuridik shaxsdan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash ishlariga uzaytirganlik uchun — yakka tartibdagi tadbirkordan eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yoʻqolganda yoki yaroqsizlanganda yuridik shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi dublikatini ariza, u yaroqsizlangan taqdirda — roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining asl nusxasi olingan, shuningdek dublikatni berish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda toʻlanadigan summaga teng boʻlgan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan, roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi blankasining oʻng tomonidagi yuqorigi burchagiga “Dublikat” soʻzini qayd etib, uning asl nusxasida koʻrsatilgan amal qilish muddatini saqlagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati toʻxtatilganda va uning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisida ariza tushmaganda ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga yozma shaklda tegishli xabarnoma yuboriladi. Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor yangi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olgunga qadar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻz faoliyatini davom ettirishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilishi toʻxtatilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida tegishli xabarnoma olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida Asillik darajasini belgilash palatasiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos beradigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlardan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlar turlarini bajarish natijasida fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazilishi aniq xavfining paydo qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari) tomonidan uni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan — oʻz faoliyatini toʻxtatish yoxud vaqtinchalik toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ularga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari bunday qarorni qabul qilish toʻgʻrisida roʻyxatga olgan organ xabardor qilingan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Asillik darajasini belgilash palatasiga saqlash uchun topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs oʻz faoliyati tiklangan taqdirda saqlash uchun topshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi Asillik darajasini belgilash palatasiga berilgan tegishli ariza asosida qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishi toʻxtatiladi, bu toʻgʻrida berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizomning 33 va 36-bandlariga muvofiq amal qilishi toʻxtatilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalarining reyestri qogʻoz va elektron manbalarda Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Reyestrda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili va faoliyat koʻrsatadigan joyining manzili va telefoni (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti maʼlumotlari, pochta manzili va faoliyat koʻrsatadigan joyining manzili, telefoni);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olingan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining berilgan sanasi va raqami, uning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining qayta rasmiylashtirilishi, amal qilishining toʻxtatib turilishi va tiklanishining asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishini toʻxtatishning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini bekor qilishning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi dublikatlarini berishning asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Amalga oshirilishi uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olingan ishlar, faqat yuridik shaxs (uning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi) va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini yoki uning boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan zargarlik va boshqa maishiy buyumlarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsga va yakka tartibdagi tadbirkorga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgandan yoki qayta rasmiylashtirilgandan keyin uning shakli, belgilari va undan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalarining blankalari ular boʻyicha qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari blankalarini hisobga olish va saqlash Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seriya № ____ ‎

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbining tasviri)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
‎ Qimmatbaho metallar agentligi
‎Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

‎‎Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga

‎‎ROʻYXATDAN OʻTKAZISH GUVOHNOMASI

‎‎№ _________

‎‎_____yil “___”____________‎

‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomi (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — F.I.O.)

___________________________________________________________________________‎‎

‎‎(yuridik shaxsning pochta manzili (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — uy manzili)

_________‎‎__________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________ roʻyxatdan oʻtkazilgan.
___________________________________________________________________________‎‎

‎‎(faoliyat turlari)

___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎

‎‎(faoliyat joyining pochta manzili)

___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati:

______________‎ ______________‎ _____________________________‎‎‎ ______________‎
dan‎ gacha‎ (DAP boshligʻi)‎‎‎ (imzo, muhr)‎

______________‎ ______________‎ ‎‎_____________________________ ______________‎
dan‎ gacha‎ (DAP boshligʻi)‎‎‎ (imzo, muhr)‎

Amal qilish muddati oʻtgach roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi amal qilish ‎‎muddati toʻx-

tagan deb hisoblansin.

Yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻxtagan ‎‎yoki toʻxtatib

turilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga qaytarilishi shart.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar uchun
‎‎Qayerga _______________________________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

‎‎Kimga _______________________________________

‎‎(Asillik darajasini belgilash palatasi rahbarining F.I.O.)

‎‎_________________________________________ dan

‎‎(ariza beruvchi rahbarining F.I.O.)

‎‎Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishga (qayta rasmiylashtirishga, dublikat berishga, amal qilish muddatini toʻxtatib turishga, toʻxtatishga, uzaytirishga)

ARIZA

‎‎1. __________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, toʻliq va qisqartirilgan nomi)

‎‎Asillik palatasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi _______________________________
‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(berishni, qayta rasmiylashtirishni, dublikat berishni, amal qilish muddatini toʻxtatib turishni, toʻxtatishni, uzaytirishni)

‎‎___________________________________________________________ berishni soʻrayman.
2. __________________________________________________________________________

(faoliyat turi)‎

__________‎‎________________________________________________amalga oshirish uchun
3. __________________________________________________________________________

‎‎(faoliyatni amalga oshirish joyining manzili)

‎‎___________________________________________________________________________
4. _________________________________________________________________________

(pochta manzili, pochta indeksi)

‎‎‎‎___________________________________________________________________________
5. _________________________________________________________________________‎‎

‎‎(bank muassasasining nomi va hisob raqami)

___________________________________________________________________________‎‎
‎‎6. Bogʻlanish telefoni: ________________________________
‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar*:
‎‎1.____________________________ ‎‎5.____________________________‎‎‎
‎‎2.____________________________‎‎‎ ‎‎6.____________________________‎‎‎
3.____________________________‎‎‎ ‎‎7.____________________________‎‎‎
‎‎4.____________________________ ‎‎8.____________________________‎‎

‎‎*) Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilganlar.

______________________________‎‎‎ _____________________________‎‎‎

(toʻldirish sanasi)‎‎

(muassisning yoki vakolatli shaxsning — ariza beruvchining imzosi)‎‎‎

______________________________‎‎‎ _____________________________‎‎‎

(ariza qabul qilingan sana)‎‎‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining imzosi)‎‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun

‎‎Qayerga _______________________________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

‎‎Kimga _______________________________________

‎‎(Asillik darajasini belgilash palatasi rahbarining F.I.O.)

______‎‎___________________________________ dan

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

‎‎Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berishga (qayta rasmiylashtirishga, dublikat berishga, amal qilish muddatini toʻxtatib turishga, toʻxtatishga, uzaytirishga)

ARIZA

1. Asillik palatasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorga ________________________________________________________

___________________________________________________________ berishni soʻrayman.

(berishni, qayta rasmiylashtirishni, dublikat berishni, amal qilish
‎muddatini toʻxtatib turishni, toʻxtatishni, uzaytirishni)

‎‎___________________________________________________________________________

(yakka tadbirkorning F.I.O.)

‎‎2. _____________________________________________________ ni amalga oshirish uchun.

(faoliyat turi)‎

_________‎‎__________________________________________________________________
3. _________________________________________________________________________

‎‎(faoliyatni amalga oshirish joyining manzili)

‎‎___________________________________________________________________________
4. __________________________________________________________________ muddatga
5. Pasport maʼlumotlari ______________________________________________________‎‎

(seriyasi, №, kim tomonidan berilgan)

___________________________________________________________________________‎‎
6. Uy manzili: ____________________________________________‎‎
‎‎7. Pochta indeksi:‎‎ ______________‎ ‎‎bogʻlanish telefoni:_____________‎
‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar*:
‎‎1.____________________________ ‎‎5.____________________________‎‎‎
‎‎2.____________________________‎‎‎ ‎‎6.____________________________‎‎‎
3.____________________________‎‎‎ ‎‎7.____________________________‎‎‎
‎‎4.____________________________ ‎‎8.____________________________‎‎

‎‎*) Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilganlar.

______________________________‎‎‎ _____________________________‎‎‎

(toʻldirish sanasi)‎‎

(muassisning yoki vakolatli shaxsning — ariza beruvchining imzosi)‎‎‎

______________________________‎‎‎ _____________________________‎‎‎

(ariza qabul qilingan sana)‎‎‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining imzosi)‎‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 12-iyundagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 7-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston” soʻzidan oldin “Litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin olinadigan” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son, 306-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2017-y., 09/17/777/0067, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)