28.05.2014 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni xarid qilishda narxlar asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb ataladi) nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasi mahsulotning prognozlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rentabellik zarur foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar summasi va sof foyda) oʻquv adabiyotlariga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻquv adabiyotlariga rentabellikning cheklangan darajasi qoʻllanilishining toʻgʻriligi ustidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan belgilangan rentabellikning cheklangan darajasi oshirilishi holatlari aniqlanganda Vazirlar Mahkamasining “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda oʻquv adabiyotlarini nashr etish (qayta nashr etish) boʻyicha tender savdolariga nashriyotlar va matbaa korxonalarini keng jalb etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi 2015-yilda taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash natijalari boʻyicha hamda nashriyotlar va matbaa korxonalarining takliflarini hisobga olib, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻquv adabiyotlariga narx belgilash mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 259-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)