Jizzax viloyati hokimining
Qarori
Jizzax viloyat hokimining 2014-yil 5-fevraldagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 35-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son 131-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 116, 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2551, 2014-yil 8-yanvar) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat adliya boshqarmasining 2014-yil 27-fevraldagi 05-09/386-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Jizzax viloyat hokimining 2014-yil 5-fevraldagi 35-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
3-ilovasi 3.2-kichik bandidagi “yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan” degan soʻzlar “yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-ilovasi 2-bandining 2-qismidagi “jumladan, bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalarning ikkinchi va undan yuqori qavatlarida bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun undiriladigan toʻlov” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ISMOILOV
Jizzax sh.,
2014-yil 27-mart,
76-son