16.05.2014 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq, shuningdek obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari (keyingi oʻrinlarda yagona buyurtmachi xizmatlari deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga muvofiq yagona buyurtmachi xizmatlarining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga cheklangan oshiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, idoralar va yagona buyurtmachi xizmatlari rahbarlari yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kapital qoʻyilmalardan foydalanish samaradorligiga, bajarilgan ishlar sifati va hajmiga qarab tabaqalashtirib amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-maydagi 124-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHEKLANGAN MIQDORLARI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Moliyalashtirishning barcha manbalari
‎boʻyicha investitsiya loyihalarining
‎yillik hajmlari
Tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi
‎ koeffitsiyentlarning cheklangan
‎ miqdorlari**
1.‎ 50,0 mlrd soʻmgacha‎ 1,8‎
2.‎ 50,0 mlrd soʻmdan 100,0 mlrd soʻmgacha‎ 1,9‎
3.‎ 100,0 mlrd soʻm va undan yuqori ‎ 2,0‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yagona buyurtmachi xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qatʼi nazar, 2,0 miqdorida oshirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oshirilgan koeffitsiyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha Direksiya” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari boʻyicha hududiy bosh boshqarmalari huzuridagi “Mintaqaviy avtomobil yoʻllari boʻyicha buyurtmachi xizmati” DUKning rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun ham qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oshirilgan koeffitsiyent miqdori moliyalashtirishning barcha manbalari boʻyicha investitsiya loyihalari hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin navbatdagi oydan boshlab qayta koʻrib chiqiladi.
(ilovaning izohlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 244-modda; 2017-y., 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 10.10.2019-y., 09/19/854/3842-son)