Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.03.1992 yildagi PF-366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol mollari va xizmatlarga chakana narxlar oshib borayotgan sharoitda respublika aholisini va avvalo uning nochor tabaqalarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1992-yilning 16-martidan xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, uy-joy-kommunal tarmogʻi, huquqni muhofaza qilish organlari hamda Oʻzbekiston Mudofaa ishlari vazirligi tizimi xodimlarining ish haqi, shu jumladan imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik tovon toʻlovlari 1,7 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1992-yilning 16-martidan oliy oʻquv yurtlari talabalarining, aspirantlarning, doktorantlarning stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan texnikumlar hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar koʻpaytirilsin, bunda imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlarning avvalgi miqdorlari hamda talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1992-yilning 16-martidan Oʻzbekiston Respublikasi huzurida ish haqi va mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 550 soʻm qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulugʻ Vatan urushining qatnashchilari va nogironlariga eng oz miqdori 700 soʻm boʻlishidan kelib chiqib, pensiyalar miqdori belgilansin, bunda Ulugʻ Vatan urushi III guruh nogironlari pensiyalarining miqdori eng oz ish haqi darajasigacha yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1992-yilning 1-aprelidan fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 550 soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi daromadlarining darajasini toʻgʻrilab olish maqsadida oyiga 1600 soʻmdan oshadigan ish haqidan daromad soligʻi miqdorlarini oshirish zarur deb hisoblansin. Shunga asosan Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻining konkret miqdorlarini aniqlasin hamda ularni soliq toʻlovchilarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xoʻjaliklari mehnat unumdorligini oʻstirish va ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar)ning hajmlarini oshirish hisobiga ushbu Farmonda belgilangan minimumni eʼtiborga olgan holda ishlovchilarning maoshini yanada koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Davlat banki, tegishli tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, Nafaqa jamgʻarmasi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, budjet hisobidagi muassasalar va oʻquv yurtlarining rahbarlari 1992-yilning 1-apreligacha ushbu Farmonda belgilangan pensiyalar, stipendiyalar va ish haqi miqdorlaridan kelib chiqib, avans toʻlovlarini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va Davlat banki zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-366-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 225-modda)