OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZIning
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2480-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 25-iyundagi 08/qq, 05/qq-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2480-3, 17.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2013-yil 16-iyuldagi 19/qq, 36/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2480, 2013-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 381-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-may,
9/QQ-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-may,
35/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2014-yil 14-maydagi 9/QQ, 35/QQ-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qabul komissiyasi tarkibiga kiruvchi nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni 1-iyulga qadar Davlat test markaziga taqdim etadi.
Saralash test sinovi oʻtkaziladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori qabul komissiyasi masʼul kotibi hisoblanadi.”.
2. 10-bandda:
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat test markazidan qabul komissiyasi masʼul kotibi saralash test sinovi natijalari qaydnomasi bilan birga, abituriyentni saralash test sinovi natijasi bilan bogʻlovchi yagona hujjat hisoblangan, abituriyent tomonidan belgilangan tartibda toʻldirilgan titul varaqalarining asl nusxalarini, toʻldirilmagan titul varaqalarining nusxalarini tekshirib, mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida qabul qilib oladi. Bunda belgilangan tartibda toʻldirilmagan titul varaqalarining asl nusxalari Davlat test markazida qoldiriladi;”;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qabul komissiyasi masʼul kotibi Davlat test markazidan saralash test sinovi natijalarini olgan kuni uni taʼlim muassasasida eʼlon qiladi hamda abituriyentlarga saralash test sinovi natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumot beradi.”.
3. 12-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qabul komissiyasi masʼul kotiblariga toʻldirilgan titul varaqalari bilan saralash test sinovi natijalarini topshiradi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“saralash test sinovi natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb saytiga joylashtiradi.”.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 14-may
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XADJIMATOV
2014-yil 14-may
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2014-yil 14-may
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi A. RAMATOV
2014-yil 14-may
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 14-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 247-modda)