21.08.2013 yildagi 789-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarning oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 10-11-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash hamda tuman hududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlar shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilik bilan oʻtkazilishi jamoatchilikni tashvishga solayotganligi sababli bunday holatlarga chek qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazining boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Jamoatchilik Kengashlarini tuzish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlar qoʻmitasi (M. Safonova), “Mahalla” hayriya jamoat fondi (Q. Abduqodirov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Tursunov), Maʼnaviyat targʻibot markazi (M. Isroilov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik Kengashining maqsad va vazifalarini belgilab, oʻtkaziladigan toʻy-hasham, marosim, oilaviy tadbirlar va unga doir boshqa tadbirlarni oʻtish holati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar asosida oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, targʻibot orqali jamiyat hayotiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilish, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama etish, taʼsir chorasini koʻrish va tushuntirish ishlarini oʻtkazish tizimini yaratish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (Sh. Qulmatov) toʻylar va marakalarda sanʼatkorlar ishtiroki va ularning kiyinish madaniyatiga rioya qilishi nazoratga olinsin, raqqosalik nomi ostida kasbiga nomunosib boʻlgan qiz-juvonlarning toʻylarga chiqishi qatiy cheklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (R. Tugalov) toʻy-hasham munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari tumanda aylanishi va suratga olishi jarayonida fuqarolar hamda yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tumanda joylashgan barcha korxona, tashkilot, muassasa, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va mehnat jamoasiga yetkazish hamda joylarda qarorning ijrosini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari M. Safonova va Madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi Sh. Qulmatovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. BOBOBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gagarin sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
789-son