OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandiga oʻzgartish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2008-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning (roʻyxat raqami 2008, 2009-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 426-modda) 5-bandidagi “TSt 45-005 “Pochtaning nomli buyumlari va shtamplari” texnik shartlar” degan soʻzlar “standartlashtirishga doir normativ hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
81-mh-son
Kelishildi:
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 8-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 239-modda)