Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnik shartlarga” degan so‘zlar “standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi