14.08.2013 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axbrotnomasi 1998-y., 10-11-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash hamda tuman hududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlar shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilik bilan oʻtkazilishi keng jamoatchilikni tashvishga solayotganligi sababli bunday holatlarga chek qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlimi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi hamda boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Jamoatchilik Kengashlarini tuzish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi (V. Alimova), “Mahalla” hayriya jamoat fondi raisi v/b (T. Pardayev), “Nuroniy” jamgʻarmasi (A. Qurbonazarov), Maʼnaviyat targʻibot markazi (Q. Bektemirov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik Kengashining maqsad va vazifalarini belgilab, oʻtkaziladigan toʻy-hasham, marosim va oilaviy tantanalar va boshqa tadbirlarni oʻtish holati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar asosida oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilish ushbu masalani mahallada va mehnat jamoasida muhokama etish, taʼsir chorasini koʻrish va tushuntirish ishlarini oʻtkazish tizimini yaratish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (B. Doniyorov) toʻylar va marakalarda sanʼatkorlar ishtiroki va ularning kiyinish madaniyatiga rioya qilishi nazoratga olinsin, raqqosalik nomi ostida kasbiga nomunosib boʻlgan qiz-juvonlarning toʻylarga chiqishi qatiy cheklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (F. Toʻychiyev)ga toʻy-hasham munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari tumanda aylanishi va suratga olishi jarayonida fuqarolar yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tumanda joylashgan barcha korxona, tashkilot, muassasa, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va mehnat jamoasiga yetkazish hamda joylarda qarorning ijrosini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosarlari O. Abduraximov va V. Alimovalar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. IZBASAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsmat sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
540-son