OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING
Qarori
“OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 881-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1999-yil 6-dekabrdagi 03/1-sonli “OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 881, 2000-yil 25-yanvar) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
6-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
8-q/q-son
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
17-2“o”-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 218-modda)