06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.01.2018 04 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1−2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-370-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yuridik shaxs boʻlib, u oʻz mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan oʻzining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank hisobvaraqlari ochishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq firma nomiga ega boʻladi va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishi lozim. Muhrda bir vaqtning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining nomi yozilgan shtamp va blankalarga, oʻz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning joylashgan yeri, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga va elektron pochta manziliga ega boʻlishi lozim. Jamiyat oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarni (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) yozma bildirish yuborish yoʻli bilan, aksiyadorlarni esa, ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish yoʻli bilan xabardor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi va uning faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning haqini toʻliq toʻlamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning bankrotligi jamiyat uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyat muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida bankrot boʻlishini oldindan bila turib, ushbu huquqidan jamiyat tomonidan shunday harakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning bankrotligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarga obuna oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yoʻli bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna oʻtkazishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yoʻli bilan yopiq obuna oʻtkazishga haqli, yopiq obuna oʻtkazish imkoniyati qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar oʻzlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz oʻzga shaxsga berishga haqli, ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan hol bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Aksiyadordan aksiyalarni olishga boʻlgan imtiyozli huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyadorlarning soni ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx boʻyicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari oʻz imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan boʻlsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati toʻgʻrisida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish shartlarini koʻrsatgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qoʻyilgan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyador tomonidan oʻziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik toʻgʻrisida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida oʻziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni olishga boʻlgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat filiallar tashkil etishga va vakolatxonalar ochishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida boʻlinmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida boʻlinmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning filiali va vakolatxonasi yuridik shaxs boʻlmaydi. Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Jamiyatning filialga va vakolatxonaga berib qoʻyilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tobe xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe xoʻjalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan asosiy jamiyat bunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqi faqat shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot boʻlgan taqdirda asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot boʻlib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatma bergan va (yoki) shuʼba xoʻjalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina shuʼba xoʻjalik jamiyatining bankrotligi asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba xoʻjalik jamiyatining aksiyadorlari (ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar koʻrishini oldindan bila turib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xoʻjalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega boʻlsa, xoʻjalik jamiyati tobe deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamiyatni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamiyatni tashkil etish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yuridik shaxsni taʼsis etish yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Jamiyatni taʼsis etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etish yoʻli bilan tashkil etish muassislarning (muassisning) qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan taʼsis etilgan taqdirda jamiyatni taʼsis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini toʻlash uchun kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim boʻlgan chet ellik investorlar ishtirokida tashkil qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Jamiyatning muassislari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar solidar javobgar boʻladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat muassislari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash taʼsis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Taʼsis yigʻilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis yigʻilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar tomonidan aksiyalar haqini toʻlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis yigʻilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis yigʻilishi qarorlarni oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan taʼsis shartnomasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar mustasno boʻlib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis yigʻilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida taʼsis yigʻilishini oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir muassisdan iborat boʻlgan jamiyatda taʼsis yigʻilishi oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jamiyatning ustavi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav jamiyatning taʼsis hujjati boʻlib, unda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning toʻliq (agar boʻlsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining sohasi (asosiy yoʻnalishlari) va maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan ulushning eng koʻp miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga boʻlgan maxsus huquq (“oltin aksiya”) joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur maxsus huquqdan foydalanishi toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga koʻra uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra unga jamiyat ustavining koʻchirma nusxasini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga jamiyatning ustavini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarini taqdim etadi. Davlat tashkilotini oʻzgartirish yoʻli bilan tashkil etilgan, shuningdek bitta muassis tomonidan tashkil etilgan jamiyat jamiyatning ustavini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi qonunga muvofiq emasligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi, jamiyatning kuzatuv kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli boshqaruvchi toʻgʻrisidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) toʻgʻrisidagi ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shu jumladan jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning 14-moddasida jamiyatni roʻyxatdan oʻtkazish uchun nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) va aksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat mulki negizida tashkil etilayotganda tashkilotning (mol-mulkning) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) summasini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsis etilayotganda uning barcha aksiyalari jamiyat muassislari oʻrtasida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻrt yuz ming AQSH dollariga teng summadan kamni tashkil etmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, eʼlon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan, eʼlon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi taʼminlanmaydigan boʻlsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yoʻli bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga, agar buning natijasida uning miqdori jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) jamiyat ustavidagi tegishli oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida aniqlanadigan, ushbu Qonunning 17-moddasida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish sabablarini koʻrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganligi toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida oʻzlariga bildirish yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jamiyatning aksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiya boʻlinmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli boʻlsa, bu shaxslarning barchasi bir aksiyador deb eʼtirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan oʻzlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir xil boʻlgan hajmdagi huquqlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qogʻozlarga ayirboshlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyaning egasi boʻlgan aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi jamiyat ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Oltin aksiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin aksiya” davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga doir maxsus huquqi boʻlib, u strategik ahamiyatga ega boʻlgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki jamiyatlarning davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin aksiya” qiymatga ega boʻlmaydi, boshqa shaxsga oʻtkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin aksiya” jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aksiya”dan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin aksiya” jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, yettinchi, sakkizinchi va yigirma uchinchi xatboshilarida, shuningdek 75-moddasi birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilarida hamda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalarga oid qarorlarga veto qoʻyish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qoʻyish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming soʻmdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga koʻra mazkur qimmatli qogʻoz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatli qogʻozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati deb eʼtirof etiladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va eʼlon qilingan aksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan eʼlon qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda eʼlon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi joylashtirgan qimmatli qogʻozlar ayirboshlanishi mumkin boʻlgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qogʻozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depo hisobvaragʻidan oʻziga taalluqli koʻchirma olish;
(26-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tugatilgan taqdirda oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda oʻz huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni olishda zarar koʻrish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular boʻyicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oddiy aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari ularning egalari boʻlgan aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va oddiy aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi lozim. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qatʼiy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida koʻrsatilgan boʻlsa ham imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻarib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki koʻpaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki koʻpaytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarga dividend va (yoki) bu aksiyalarning tugatilish qiymatini toʻlash navbati boʻyicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarga boʻlgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Jamiyatning korporativ obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning korporativ obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat mol-mulk bilan taʼminlangan korporativ obligatsiyalarni ularni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish sanasidagi oʻz kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Jamiyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish chogʻida ularga haq toʻlash pul va boshqa toʻlov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish chogʻida uning aksiyalariga haq toʻlash tartibi jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasida (oʻzgartish toʻgʻrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qoʻshimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash esa, ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan joylashtirish muddati ichida haq toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini toʻlash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etishda aksiyalarga toʻlanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning puldan oʻzga vositalar bilan haqi toʻlanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa qimmatli qogʻozlari haqi sifatida toʻlanishi mumkin boʻlgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining (ustav kapitalining) oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari oʻrnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun moʻljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonun 17-moddasida koʻrsatilgan eng kam miqdoridan oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻzining tugatilishi haqida qaror qabul qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda olish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarini joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning joylashtirilmagan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarining qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasiga taalluqli qismi talablarini buzgan holda tuzilgan jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirishga hamda ularning muomalasiga doir bitimlar sudning qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bitimning predmeti boʻlgan jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari ularni joylashtirish muddati oʻtganidan keyin bitim haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa bekor qilinishi kerak, agar ushbu bitim qimmatli qogʻozlar joylashtirilayotganda tuzilgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini insofli egallovchi jamiyat aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda ularning muomalasi boʻyicha bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni aybdor shaxslardan talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari etib oʻzgartirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, jamiyat ustavida bu xususda koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida jamiyatning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish usuli toʻgʻrisida koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning ochiq obuna vositasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi shart boʻlgan hollar belgilab qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi mazkur chiqarilishni toʻxtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning oltmish foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar hamda boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi, agar joylashtirish hajmi mazkur chiqarilishdagi aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlar umumiy miqdorining kamida oʻttiz foizini tashkil etsa, amalga oshgan deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etishda uning aksiyalari haqini toʻlash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga bunday vakolat berilgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish chogʻida ularga haq toʻlash ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanganidan kam boʻlmagan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilayotganda jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga uning oʻz kapitali hisobidan, shuningdek haqini qoʻshimcha aksiyalar bilan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq toʻlangan taqdirda, bunday aksiyalarni joylashtirish jamiyat aksiyalarining nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli olish huquqiga ega boʻlishi nazarda tutilishi mumkin. Aksiyador, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qarshi ovoz bergan yoxud unda ishtirok etmagan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni oʻziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga (bundan buyon matnda imtiyozli huquq deb yuritiladi) ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqni qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin. Bunday qarorning amal qilish muddati ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyalarning yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni mazkur aksiyadorlarda mavjud boʻlgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyatning boshqaruv organi tomonidan belgilangan joylashtirish narxi boʻyicha olishni taklif etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyatga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaguniga qadar aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ularni olish boʻyicha imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda jamiyat tomonidan realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi joylashtirgan aksiyalarni aksiyadorlar umumiy yigʻilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra, shuningdek ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori asosida jamiyat tomonidan olingan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni olish toʻgʻrisidagi qarorda olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat oladigan har bir turdagi aksiyalarning soni, aksiyalarni olish narxi, aksiyalar haqini toʻlash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda olinishi belgilab qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyalarni olish vaqtida ularga haq toʻlash pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi. Aksiyalarni olish muddati aksiyalarni olish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilanadi, bu muddat oʻn kundan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi muayyan turdagi aksiyalarni olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha aksiyalarning egasi boʻlgan har bir aksiyador mazkur aksiyalarni sotishga haqli, jamiyat esa ularni olishi shart. Agar jamiyat tomonidan olinishi toʻgʻrisida aksiyadorlarning arizalari tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda jamiyat olishi mumkin boʻlgan aksiyalarning sonidan ortiq boʻlsa, aksiyadorlardan arizada koʻrsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan oʻn kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarni jamiyat tomonidan aksiyalar olinishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali xabardor etishi shart. Bildirishda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli aksiyalarni olish jamiyat ustavida nazarda tutilgan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ular jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim. Koʻrsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan oʻz aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qaytarib sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olishga doir cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining joylashtirilgan oddiy aksiyalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) batamom toʻlanguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni olganligi natijasida paydo boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan), zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatidan ortiq qismidan kam boʻlsa yoxud aksiyalarni olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirishga haqli boʻlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalashni amalga oshirishga haqli boʻlib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olish
(40-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuzish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan boʻlsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsa, oʻzlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan harakati natijasida qiymatning oʻzgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishlari borasidagi taklifini oʻttiz kun ichida eʼlon qilishi shart. Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotishi toʻgʻrisidagi yozma roziligi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarni oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narxi va qaytarib sotib olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabarda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlmagan aksiyadorlarda aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran yetti kundan kechiktirmay aksiyadorlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi yozma talabi aksiyadorning yashash joyi (joylashgan yeri) va uning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni koʻrsatilgan holda jamiyatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi toʻgʻrisidagi yozma talablari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi kerak. Mazkur muddat tugaganidan soʻng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qoʻygan aksiyadorlardan aksiyalarni oʻn kun ichida qaytarib sotib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan narx boʻyicha amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning umumiy summasi aksiyadorlarda oʻzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshib ketishi mumkin emas, bundan jamiyatning oʻzgartirilishi hollari mustasno. Qaytarib sotib olish talabi qoʻyilgan aksiyalarning umumiy soni ushbu qismda belgilangan cheklov inobatga olingan holda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyalar aksiyadorlardan qoʻyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtadi. Mazkur aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogʻida hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri va aksiyalarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestri roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxatidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish qimmatli qogʻozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga koʻra markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat aksiyadorlarining reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va jamiyat tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining reyestri asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun:
(42-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning axborot olishga va ularga axborot yuborilishiga hamda reyestr shakllantirilishiga imkon beradigan aksiyalarga boʻlgan huquqlari hisobga olinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga sabab boʻladigan hujjatlarning hamda barcha faktlar toʻgʻrisidagi hamda Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir barcha harakatlari haqidagi axborotning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida toʻplanishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
(42-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir shaxs haqidagi, uning nomiga yozilgan aksiyalarning soni va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy jamiyatlar aksiyadorlarining reyestrlari shakllantirilishini taʼminlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart, jamiyat esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay Markaziy depozitariy bilan jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun shartnoma tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
(42-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma aksiyadorning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorga uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga koʻra ikki ish kuni ichida depo hisobvaragʻidan koʻchirma berishi shart. Qimmatli qogʻozlarning egasi depo hisobvaragʻidan koʻchirmaga oʻziga taalluqli boʻlmagan axborot, shu jumladan boshqa qimmatli qogʻozlarning egalari hamda ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni toʻgʻrisidagi axborot kiritilishini talab qilish huquqiga ega emas.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma bergan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish tartibi, koʻchirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aksiyalari paketlari boʻyicha depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish jamiyatning yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirigʻi, shuningdek ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma murojaati asosida Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanada shakllantirilishi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar haqida Markaziy depozitariyni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestriga davlat vakili uning vakil etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yozma bildirishi asosida Markaziy depozitariy tomonidan kiritiladi.
(44-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan bildirishni jamiyatning topshirigʻi kelib tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish asossiz rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat, transfer-agent, Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar boʻladi hamda oʻzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridir.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Aksiyalarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Dividendlarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Dividend
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlar toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlar toʻlash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Dividendlarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus moʻljallangan fondlari hisobidan ham toʻlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlarni toʻlash chogʻida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha, soʻngra oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha qatʼiy belgilangan dividendlarni toʻlash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud boʻlgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar toʻlashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar toʻlanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega boʻlmagan yoki zarar koʻrib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxoʻri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga koʻra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablagʻlarni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorlarining reyestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan koʻchirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ayirboshlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Dividendlar toʻlash mumkin boʻlgan aksiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarga dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar boʻyicha dividend olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan toʻlanmagan (olinmagan) taqdirda toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblanadigan penyalar miqdori toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan toʻlanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb eʼlon qilish tartib-taomili qoʻllaniladi.
(53-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Dividendlarni toʻlashga doir cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning taʼsis etilishi chogʻida toʻliq toʻlab boʻlinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar toʻlashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Dividendlar toʻlanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi. Jamiyat toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Dividendlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlarga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish boʻyicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Jamiyatni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini) oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari koʻrib chiqiladi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlari navbatdan tashqari yigʻilishlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi va tartibi, yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) roʻyxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari ushbu Qonunga muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno. Bunda ushbu bobning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qoʻllanilmaydi, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish muddatlariga taalluqli qoidalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining son tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aksiyalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
(59-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli huquqni qoʻllamaslik toʻgʻrisida ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
(59-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 75-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha quyidagilar ovoz berish huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning oddiy aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning imtiyozli aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlgan, yigʻilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning koʻpchilik (oddiy koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan, hal qilish chogʻida jamiyatning oddiy va imtiyozli aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega boʻladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, oltinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida , 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini olib borish tartibi boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyatning ustavida yoki jamiyatning aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan boshqa hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyador uzrli sababga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan uch ish kuni oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra aksiyadorga u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat vakilini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kun oldin yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining direktor (boshqaruv raisi), ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyatning ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha axborotning (materiallarning) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʻrsatishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) oʻzlari koʻrsatgan nomzodlar roʻyxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga masala uni qoʻyish sabablari, masalani kiritayotgan aksiyadorlarning (aksiyadorning) ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida takliflar kiritilganda, shu jumladan oʻzini oʻzi nomzod qilib koʻrsatilgan taqdirda nomzodning ismi-sharifi, unga tegishli aksiyalarning soni va turi (agar nomzod jamiyat aksiyadori boʻlsa), shuningdek nomzodni koʻrsatayotgan aksiyadorlarning ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni koʻrib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga, xuddi shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan rioya etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflar ushbu Qonun talablariga muvofiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarori masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorlarga (aksiyadorga) qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyatning kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 65-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa, umumiy yigʻilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishning kun tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) roʻyxatini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish byulletenining shakli va matnini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq masala qoʻyilishini aks ettirmaydigan taʼriflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “oʻzga masalalar” va shu singari taʼriflarning) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp etib belgilanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra uning oʻz tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabiga koʻra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqida yozma talab taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sabablari koʻrsatilgan holda taʼriflangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masalalarning taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda, bu talabda umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi-sharifi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni, turi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talab taqdim etgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida yoki yigʻilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birortasi ham aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kirmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun talablariga muvofiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qarori yoki bunday yigʻilishni chaqirishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qarori yigʻilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Sanoq komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni roʻyxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasining tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, taftish komissiyasining aʼzolari (taftishchisi), jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodi koʻrsatilgan shaxslar kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kvorum bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqlarining aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni tushuntiradi, ovozga qoʻyiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taʼminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini jamiyatning arxiviga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Aksiyadorlarning va davlat vakilining aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi shaxsan uning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yigʻilishidagi oʻz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yigʻilishda shaxsan oʻzi ishtirok etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga oid maʼlumotlar) boʻlishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi.
(67-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga koʻra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kvorumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan koʻproq ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorumga ega) boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyadorlarning oʻtkazilmay qolgan yigʻilishi oʻrniga chaqirilgan takroriy umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan koʻproq ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishi vakolatli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar qilish ushbu Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvorum boʻlmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga koʻchirilgan taqdirda, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻtkazilmay qolgan umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash boʻyicha kumulyativ ovoz berishni oʻtkazish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Ovoz berish byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibi masalalari boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish byulleteni umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning toʻliq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masalaning taʼrifi va uni koʻrib chiqish navbati, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi soʻzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari koʻrsatilgan boʻlishi (bundan ovoz berishga qoʻyilgan masalaga “yoqlayman” degan mazmundagi soʻz bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi aʼzosini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala boʻyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qoʻyilgan bir nechta masala koʻrsatilgan boʻlsa, bir yoki bir nechta masalaga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish yakunlari boʻyicha sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, bayonnoma jumladan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kvorumi mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham oʻz ichiga oladi va sanoq komissiyasining aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan muhrlanadi hamda saqlab qoʻyish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish oʻtkazilgan umumiy yigʻilishida oʻqib eshittiriladi, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni eʼlon qilish orqali aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yigʻilishda raislik qiluvchi va umumiy yigʻilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilish kun tartibi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida maʼruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar hamda ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari, yigʻilish qabul qilgan qarorlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchi aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlarning soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan jamiyatda jamiyat kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish oʻz vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq toʻlanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aʼzosi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni qoplanishi mumkin. Bunday haq va toʻlovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
(75-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, bundan ushbu Qonun 65-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning boshqaruv aʼzolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustaviga koʻra bunday huquq jamiyat kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat kuzatuv kengashiga topshirilmagan boʻlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay maʼqullanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning aʼzolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish, agar bu jamiyat ustaviga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga yoki jamiyat ustaviga koʻra quyidagilar jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
(75-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolarini saylash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat boshqaruvi aʼzolari va direktori, uning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining aʼzolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarining soni besh yuzdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlishi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun esa toʻqqiz aʼzodan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaxslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat vakili lavozimiga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻladi, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kuzatuv kengashi aʼzolarining umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz raisini kuzatuv kengashi aʼzolarining umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusiga koʻra, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi aʼzosining, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shaxslarning talabiga koʻra chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi jamiyatning ustavida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyat kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam boʻlgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aʼzolari aksiyadorlarning bunday navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat ijroiya organi rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibini belgilovchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ushbu Qonun 18-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan taqdirda kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlis oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisda hozir boʻlgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisning kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qarorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi oʻtkaziladigan kuni topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv tomonidan amalga oshiriladigan boʻlsa, jamiyat ustavida boshqaruv rahbarining (boshqaruv raisining) vakolati ham belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadigan jamiyat ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijroiya organlarini tuzish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra jamiyat direktorini yoki boshqaruv aʼzolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov boʻyicha saralash asosida amalga oshiriladi.
(79-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat direktorining, jamiyat boshqaruvi aʼzolarining, ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tegishincha ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida, jamiyat ustavida hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma jamiyat nomidan jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining raisi, ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha majburiyatlari hamda jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va jamiyat kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning direktoriga, boshqaruv aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori, shuningdek ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga haq toʻlash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi va shartnomada belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) vazifalarini boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozim bilan birgalikda egallab turishga faqat jamiyat kuzatuv kengashining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, boshqaruv aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tugatishga (bekor qilishga), agar jamiyat ustaviga koʻra kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa, haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining aʼzolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar ular jamiyat ustavini qoʻpol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, jamiyat ijroiya organining vakolatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala oʻsha yigʻilishning oʻzida hal etilishi yoxud jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan boʻlsa, jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek jamiyatning ijroiya organi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Jamiyatning boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning boshqaruvi jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat boshqaruvi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchining) aʼzolari talabiga koʻra ularga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning boshqaruvi majlislarini oʻtkazishni boshqaruv raisi tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda jamiyat boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, jamiyatning boshqaruvi oʻz vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyat direktori va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu modda qoidalariga muvofiq bir nechta shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari, boshqaruv aʼzolari javobgar boʻlmaydi bundan ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar mustasno.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, direktori yoki boshqaruv aʼzosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining tarkibiga nomzodlar boʻyicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining aʼzolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hozir boʻlgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar koʻrsatmagan yoxud aksiyadorlarning oʻtkazilayotgan umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv aʼzolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minoritar aksiyadorlarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida murojaatlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi aʼzolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlarning qoʻmitasi qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining raisi ushbu qoʻmita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining aʼzolari tomonidan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining raisi minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi jamiyatning xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Jamiyat tomonidan yirik bitimlar tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Yirik bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ortigʻini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yirik bitimi predmeti boʻlgan mol-mulkning bozor qiymati deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, ushbu qiymat boʻyicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Yirik bitim tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan aʼzolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitim tuzish masalasi boʻyicha jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortigʻini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim boʻyicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun talablari buzilgan holda tuzilgan yirik bitim sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyat direktorining yoxud jamiyat boshqaruvi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlsa, oʻsha jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ushbu jamiyatning direktori yoxud boshqaruv aʼzosi boʻlgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi aʼzosining vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ushbu jamiyat direktorining yoki boshqaruv aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ushbu jamiyat bilan bitta xoʻjalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi boʻlgan aksiyador — jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu jismoniy shaxs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijroiya organining aʼzosi vakolatlarini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2, 4, 6-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki aksiyadorning vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi toʻgʻrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tegishli shartnomaning muhim shartlarini batafsil koʻrsatgan holda yozma bildirish yuborish orqali jamiyatni xabardor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning toʻliq taʼriflari hamda qaror qabul qilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismi boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida koʻrsatiladigan axborot jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati (agar u mavjud boʻlsa) tomonidan oʻrganiladi. Jamiyatning ijroiya organi tomonidan oʻrganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Direktorning (boshqaruv raisining) qaroriga koʻra mazkur bitimni oʻrganishga qoʻshimcha ravishda jamiyatning boshqa xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan oʻrganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va bitimni oʻrganishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijroiya organi jamiyat kuzatuv kengashini affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni oʻrganish natijalari bayonnomasini ilova qilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi axborotni oʻrganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay bitim boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq aʼzosi affillangan shaxs boʻlsa, bitim boʻyicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni maʼqullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijroiya organi tuzilishi kutilayotgan bitim tarafini affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim boʻyicha qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim ayni bir vaqtda yirik bitim boʻlsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonunning 8-bobida belgilangan yirik bitim tuzishga doir qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni (bitimlarni) maʼqullash haqida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha nizolashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha jamiyat aksiyadori mazkur bitimni maʼqullash haqida qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan yoxud aksiyador qaror qabul qilinishida ishtirok etmagan taqdirda nizolashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra uch ish kuni ichida aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim haqida direktor (boshqaruv raisi) tomonidan imzolangan tegishli axborotni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni oʻrganish natijasi bayonnomasining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan boʻlsa, koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma shaklda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli boʻlgan boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, aksiyador oʻsha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yoxud aksiyador nomidan daʼvogar boʻlib chiqishga haqli boʻlgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning oʻn foizdan kam boʻlmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, oʻsha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini oʻrganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Sud tomonidan bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran bir oy muddatda aksiyadorning auditorlik tashkilotini jalb etishga doir xarajatlarining oʻrnini mazkur xizmatlarning bozor qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda bitim tuzish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni jamiyat uchun zararli deb topishga doir asoslar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni tuzishda manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan umumiy yigʻilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qatʼi nazar, ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsatmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkinligi isbotlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bitim boʻyicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi boʻlganligi isbotlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik maʼqullanganligi dalillari ishni sudda koʻrib chiqish paytida taqdim etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni oʻrganishni amalga oshirgan shaxslar bitim boʻyicha xulosa va yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning sud tomonidan aybi isbotlangan affillangan shaxsi yetkazilgan zararning, jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan bitimni va daʼvoni sudda koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Affillangan shaxs bilan bitimlar tuzishdagi istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobning qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida jamiyat direktori boʻlgan bitta aksiyadordan tashkil topgan jamiyatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilishidan jamiyatning barcha aksiyadorlari manfaatdor boʻlgan bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun tuziladigan bitimlarga, agar qonun hujjatlariga koʻra realizatsiya qilishning maxsus tartibi belgilanadigan monopol mahsulot, moddiy-texnika resurslarining strategik turlari bitim predmeti boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni qayta tashkil etishga doir tartib-taomillarni amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilishda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va affillangan shaxs oʻrtasidagi bitimni (bitimlarni) maʼqullash haqida jamiyat kuzatuv kengashining yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining ushbu bobda belgilangan tartibda oldindan qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qoʻshib yuborilgan yuridik shaxsning (jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning oʻrnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan, shuningdek u yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi yuridik shaxsning unga oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir nechta jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan vujudga kelishi aksiyadorlik jamiyatlarining yoxud aksiyadorlik jamiyati va masʼuliyati cheklangan jamiyatning qoʻshib yuborilishi deb eʼtirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyatini yuridik shaxslar bilan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qoʻshib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qoʻshib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini (ulushlarini) yangi yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoki vakolatli organi qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, qoʻshib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxsning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda. Jamiyatni qoʻshib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga oʻtkazish jamiyatni qoʻshib olish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib olinayotgan jamiyat va qoʻshib olayotgan yuridik shaxs qoʻshib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib olish tartibi va shartlari, shuningdek qoʻshib olinayotgan jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qoʻshib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va qoʻshib olish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani qoʻshib olishda ishtirok etayotgan oʻz jamiyati aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Qoʻshib olinayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani ham jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishi yuridik shaxsning ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinayotganda qoʻshib olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq qoʻshib olayotgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Jamiyatni boʻlish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni boʻlish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni boʻlish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni boʻlish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shaxsga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Jamiyatni oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib oʻzgartirilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni oʻzgartirish, oʻzgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni oʻzgartirish, oʻzgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni oʻzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin taʼsis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda. Jamiyatni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash toʻgʻrisidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat sudning qaroriga koʻra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori boʻlgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning talablar qoʻyishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatuvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar tugallanganidan keyin jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar oʻrtasida quyidagi navbat boʻyicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda ushbu Qonunning 40-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha hisoblangan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha belgilangan tugatish qiymatini toʻlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni har bir navbat boʻyicha taqsimlash avvalgi navbat boʻyicha mol-mulk toʻliq taqsimlab boʻlinganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan barcha aksiyadorlarga toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, mol-mulk imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor boʻlgan aksiyadorga oʻtkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan eʼtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qogʻozlari chiqarilishlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Hisob va hisobot. Hujjatlarni saqlash. Jamiyat toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliyaviy hisobotida koʻrsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragʻidagi maʼlumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bogʻliq boʻlmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan oʻn kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
(102-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin eʼlon qilishi shart.
(102-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Jamiyatning hujjatlarini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning oʻz balansidagi mol-mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va jamiyatning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning yillik hisobotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar emissiyasi risolasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobiga doir hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishlarining, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning affillangan shaxslari roʻyxatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyadorlarining reyestrlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlarini, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruvlari dalolatnomalarini saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa hujjatlarni ham saqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Aksiyadorlarga jamiyat hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ushbu Qonun 103-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlarning foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar, boshqaruv majlislarining bayonnomalari, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari va jamiyat aksiyadorlarining reyestri mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aksiyadorning yozma talabiga koʻra unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini haq evaziga taqdim etishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning koʻchirma nusxalarini tayyorlash xarajatlarining qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlardan ortib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat soʻralayotgan hujjatlarni aksiyadorga elektron shaklda taqdim qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar jamiyat yoki uning faoliyati toʻgʻrisidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning affillangan shaxsi ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiq affillanganlik asoslari vujudga kelgan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay jamiyatni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan maʼlumotlarni batafsil koʻrsatgan holda oʻzining affillanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar affillangan shaxsning aybi bilan koʻrsatilgan axborot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxs jamiyat oldida oʻzi yetkazgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular toʻgʻrisida qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Jamiyat affillangan shaxslar roʻyxatini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda har yili eʼlon qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Jamiyat toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat fond birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu jumladan unga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, shuningdek oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eʼlon qilishi shart.
(106-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi oʻzining rasmiy veb-saytida jamiyatning ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni eʼlon qilganligi uchun haq olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasining rasmiy veb-saytida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma soʻroviga koʻra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Jamiyatning faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Taftish komissiyasi (taftishchi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yil muddatga taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftishchisiga yoki taftish komissiyasi aʼzolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat koʻrsatish tartibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga koʻra jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining (taftishchining), aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, jamiyat kuzatuv kengashining tashabbusiga koʻra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra jamiyat kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yoʻli bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) xulosa tuzadi, bu xulosada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga doir baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi. Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan axborotni oʻz ichiga olgan xulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida eshitiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Jamiyatning ichki audit xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonun hujjatlariga, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ichki audit xizmati oʻz faoliyatini, agar qonunda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Auditorlik tashkiloti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshiradi va unga auditorlik xulosasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborot haqidagi notoʻgʻri xulosani oʻz ichiga olgan auditorlik xulosasi tuzilganligi oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan koʻp boʻlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatdan kelib chiqqan holda tanlov asosida amalga oshiriladi.
(109-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Jamiyatning korporativ maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor boʻlgan va korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat organlarining qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni tan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq buzilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqini oʻzi himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlarning oʻrnini qoplatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neustoyka undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli boʻlgan dividendlar toʻlanmagan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qoʻmitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar toʻlash majburiyatini yuklatish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishga haqli. Bunday daʼvoni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Xususiylashtirilayotgan tashkilot aksiyalarining birlamchi emissiyasi paytida mehnat jamoasi aʼzolarining huquqlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat jamoasi aʼzolarining aksiyalarni olishga boʻlgan huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining aʼzolariga realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 210-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son; 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son; 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)