Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 18-avgustdagi 400-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-aprel,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarorida:
a) 1-ilovada:
“Asqarov M.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi”, “Isayev A.N. — “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi” soʻzlari tegishli ravishda “Turdiyev U.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari”, “lavozimiga koʻra — “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ulashov B.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 18-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasining” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qaroriga 3-ilova matnidagi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 5-noyabrdagi 296-son qaroriga ilovaning “Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimidagi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 196-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)