Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2200-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 24-yanvardagi 2017-4, 7-sonli “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2200-7, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 2-fevraldagi 2011-5, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200, 2011-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-aprel,
2014-13-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-aprel,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “3” va “2,998” raqamlari tegishincha “2” va “2,725” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.”;
oltinchi xatboshidagi “2 683 900 soʻmni tashkil qiladi ((6 x 2,998 x 49 735) + (6 x 2,998 x 49 735) + (6 x 2,998 x 49 735))” degan soʻzlar “4 713 950 soʻmni tashkil qiladi ((6 x 2,725 x 96 105) + (6 x 2,725 x 96 105) + (6 x 2,725 x 96 105))” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “3 426 000” raqami “5 364 000” raqami bilan almashtirilsin.
2. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “2,998” raqami “2,725” raqami bilan almashtirilsin.
3. 5-ilovada “20,5” va “79,5” raqamlari tegishincha “19,2” va “80,8” raqamlari bilan almashtirilsin.
4. 6-ilovada:
a) 1-misolda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-misol. Shaharda joylashgan mini-market boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:”;
oltinchi xatboshidagi “7” va “8” raqamlari tegishincha “6” va “7” raqamlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “8” va “9” raqamlari tegishincha “7” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “3” va “2,998” raqamlari tegishincha “2” va “2,725” raqamlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.”;
oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oʻn birinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mini-market boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 8 x 2,725 x 96 105 = oyiga 2 095 089 soʻmni tashkil qiladi. Chorak uchun mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori summasi 6 285 267 soʻmni tashkil qiladi.”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “2 818 095” raqami “5 625 105” raqami bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QB = 6 285 267 — 5 625 105 = 660 162 soʻm.”;
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QH = 660 162 x 39% = 257 463 soʻm.”;
b) 2-misolda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kafe (bar mavjud emas) boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:”;
jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ |
1 stolga (4 oʻringa moʻljallangan standart stol) xizmat |
Oshpazlar | Tarqatishda xizmat qiladigan xodimlar |
Oshxona xodimlari | |
| | 0,25 | 2 | - | 1 | ”; |
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shunday qilib, mazkur kafe boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori = 0,25 x 15 + 2 + 1 = 7 xodimni tashkil qiladi.”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “10” va “12” raqamlari tegishincha “7” va “9” raqamlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “4” va “3,297” raqamlari tegishincha “3” va “2,998” raqamlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.”;
oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishincha oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mazkur kafe boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 9 x 2,998 x 96 105 = oyiga 2 593 105 soʻmni tashkil qiladi. Chorak uchun mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori summasi 7 779 315 soʻmni tashkil qiladi.”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “4 722 516” raqami “6 795 010” raqami bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QB = 7 779 315 – 6 795 010 = 984 305 sum.”;
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QH = 984 305 x 39% = 383 879 soʻm.”;
v) 3-misolda:
beshinchi xatboshidagi “9,8” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.”;
sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm) x Tk x Kt x IHEKM) quruvchi ishchilarning mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori (MHTFmin) = 10 x 3,297 x 1,15 x 96 105 = 3 643 869 soʻmni tashkil qiladi.”;
oʻninchi xatboshidagi “1 848 013” va “5 544 039” raqamlari tegishincha “3 643 869”, va “10 931 607” raqamlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “4 712 433 soʻmni” degan soʻzlar “9 975 809 soʻmni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QB = 10 931 607 – 9 975 809= 955 798 soʻm.”;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QH = 955 798 × 39% = 372 761 soʻm.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 198-modda)