Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 25-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №1, 23-modda; 2005-yil, №1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 324-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-aprel,
OʻRQ-368-son
2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida
NIZOM
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Nizom Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati (bundan buyon matnda Sudyalarning oliy malaka hayʼati deb yuritiladi), Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati, shuningdek fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda harbiy sudlar sudyalari malaka hayʼatlarining (bundan buyon matnda umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati, umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari (bundan buyon matnda sudyalarning malaka hayʼatlari deb yuritiladi) quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini taʼminlash;
sudyaga malaka darajasi berish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish ishlarini tashkil qilish;
sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
2-bob. Sudyalarning malaka hayʼatlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari
4-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan Sudyalar oliy malaka hayʼatining raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar hamda tegishli yuqori turuvchi sudlarning sudyalari orasidan sudyalar malaka hayʼatlarining raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va sudyalarning konferensiyasi, agar ularda plenumni yoki konferensiyani tashkil etuvchi sudyalarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, sudyalarning malaka hayʼatlarini saylashga vakolatlidir.
6-modda. Sudyalar malaka hayʼatlarining son jihatdan tarkibi ularning ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi, biroq sudyalar malaka hayʼati raisi va uning oʻrinbosari bilan birgalikda toʻqqiz kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
7-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari aʼzoligiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolari yoki sudyalar konferensiyasining ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladi.
8-modda. Agar sudya ovoz berish natijalariga koʻra ovoz berishda ishtirok etgan sudyalar ovozining yarmidan koʻpini olgan boʻlsa, u sudyalarning malaka hayʼatiga saylangan hisoblanadi.
9-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida oʻzini saylagan organlarga yiliga kamida bir marta axborot beradi.
10-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati:
1) Oliy malaka komissiyasiga taqdim etish uchun sudyalarni tanlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
2) Oliy malaka komissiyasiga yangi vakolat muddatiga yoxud boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilayotgan nomzodlar (sudyalar) boʻyicha tegishli xulosalar taqdim etadi;
3) sudyalarni, shuningdek birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan hamda oʻqish va stajirovkani oʻtagan shaxslarni boʻshab qolgan sudyalik lavozimlari haqida tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining rasmiy veb-saytlarida axborot joylashtirish orqali xabardor qilib boradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosariga, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan shikoyatlar va taqdimnomalarni koʻrib chiqadi, xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
5) sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni va sudyalarni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish haqidagi masalalarni koʻrib chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosarining, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
6) tegishli sudlar sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosalar beradi;
7) tegishli sudlar sudyalarining sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
8) sudyalarga malaka darajalari beradi.
Sudyalarning oliy malaka hayʼati umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar va taqdimnomalarni koʻrib chiqadi.
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati oʻzlarini birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish haqida ariza bergan shaxslarni hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlar taklif etgan organlarni birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish rad etilganligi va ushbu zaxiradan chiqarilganligi haqida xabardor qiladi.
Sudyalarning oliy malaka hayʼati, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari:
Keyingi tahrirga qarang.
1) Oliy malaka komissiyasiga taqdim etish uchun sudyalarni tanlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan shaxslarning arizalarini va ularga ilova qilinadigan materiallarni qabul qilishni, roʻyxatdan oʻtkazishni, tekshirishni, shuningdek ularni Oliy malaka komissiyasiga yuborishni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
3) oʻzlarini birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish haqida ariza bergan shaxslarni hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlar taklif etgan organlarni birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish rad etilganligi va ushbu zaxiradan chiqarilganligi haqida xabardor qiladi;
4) birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan hamda oʻqish va stajirovkani oʻtagan shaxslarni boʻshab qolgan sudyalik lavozimlari haqida xabardor qiladi;
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalariga nisbatan shikoyatlar va taqdimnomalarni koʻrib chiqadi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
6) sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni va sudyalarni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish haqidagi masalalarni koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
7) tegishli sudlar sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosalar beradi;
8) tegishli sudlar sudyalarining sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
9) xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish hamda ularni oʻqitish ishlarini tashkil etadi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Sudyalar malaka hayʼatining raisi:
sudyalarning malaka hayʼati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
takliflar, arizalar va shikoyatlarni qabul qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazishga, birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan shaxslarga yoki yangi vakolat muddatiga yoxud boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilayotgan sudyalarga doir taqdim etilgan materiallarning toʻliqligi va toʻgʻriligi tekshirilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
sudyalar malaka hayʼatining majlislarini chaqiradi, ularga tayyorgarlik koʻrilishini taʼminlaydi va ularda raislik qiladi;
sudyalarning malaka hayʼati koʻrib chiqishi uchun uning vakolatiga taalluqli masalalarni kiritadi;
sudyalar malaka hayʼatining raisi oʻrinbosari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi hamda sudyalarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
sudya tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar haqidagi xabarlar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida farmoyishlar qabul qiladi, mazkur tekshiruvlarni oʻtkazish rejasini va tekshiruvlar natijalariga doir xulosalarni tasdiqlaydi;
Oliy malaka komissiyasiga sudyalar malaka hayʼatining faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar malaka hayʼatining raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Sudyalar malaka hayʼatining raisi boʻlmagan taqdirda raisning vazifasini uning oʻrinbosari amalga oshiradi, oʻrinbosar boʻlmagan taqdirda esa, sudyalarning malaka hayʼatiga rahbarlik qilish sudyalar tegishli malaka hayʼatining qaroriga koʻra vaqtincha sudyalar malaka hayʼati aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
13-modda. Sudyalar malaka hayʼatining kotibi tegishli sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Sudyalar malaka hayʼatining kotibi:
sudyalar malaka hayʼatlari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni, takliflar, arizalar va shikoyatlarni qabul qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni, birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan shaxslarga, shuningdek yangi vakolat muddatiga yoxud boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilayotgan sudyalarga doir taqdim etilgan materiallarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirishni amalga oshiradi;
sudya kadrlarning statistik va shaxsiy hisobini yuritadi;
sudyalarning malaka hayʼatini zarur axborot-tahlil materiali bilan taʼminlaydi;
sudyalar malaka hayʼatining majlislari bayonnomasini yuritadi.
Sudyalar malaka hayʼatining kotibi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari (ularning vazifalarini vaqtincha bajarib turgan shaxslar) va kotiblari Oliy malaka komissiyasiga yuboriladigan sudya kadrlarga doir materiallarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun oʻz vakolatlari doirasida shaxsan javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Sudyalar malaka hayʼatlarining majlislari zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
Sudyalar malaka hayʼatining majlisi hayʼat aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda vakolatlidir.
Sudyalar malaka hayʼatining majlisini tayyorlash sudyalar malaka hayʼatining raisi yoki uning oʻrinbosari, ular boʻlmagan taqdirda esa, sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisi vazifalarini bajarish vaqtinchalik zimmasiga yuklatilgan sudyalar malaka hayʼatining aʼzosi tomonidan taʼminlanadi.
Sudyalar malaka hayʼatining majlisi tegishli ariza (materiallar), taqdimnoma yoki sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ish sudyalar malaka hayʼatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻtkazilishi kerak.
Sudyalar malaka hayʼatining raisi majlis oʻtkaziladigan joy va vaqtni belgilaydi, koʻriladigan masalaga aloqador boʻlgan shaxslar bu haqda oldindan xabardor qilinadi.
Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni sudlarning, boshqa davlat organlarining, shuningdek jamoat birlashmalarining rahbarlaridan, mansabdor shaxslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega.
16-modda. Sudyalar malaka hayʼatining majlisiga raislik qiluvchi belgilangan vaqtda majlisni ochadi, qanday masalalar koʻrilishini va sudyalar malaka hayʼatining tarkibini eʼlon qiladi.
Sudyalar malaka hayʼatining majlisida ishtirok etayotgan sudyalar malaka hayʼatining aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi mumkin, majlisda masalasi koʻrilishi kerak boʻlgan sudya yoki nomzod esa sudyalar malaka hayʼatining aʼzolarini rad etishga haqli.
Oʻzini oʻzi rad etish yoki sudyalar malaka hayʼatining aʼzosini rad etish masalasi yopiq maslahatlashuvda hal qilinadi.
Masalalarni koʻrib chiqish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatining taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Sudyalar malaka hayʼatining vakolatlariga taalluqli va hal etilishi lozim boʻlgan masalalarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, bunday hayʼat majlisiga taklif qilingan shaxslar eshitiladi, zarur hujjatlar va materiallar oʻrganiladi, shundan soʻng sudyalarning malaka hayʼati xulosa beradi yoki tegishli qaror qabul qiladi. Sudyalar malaka hayʼatining majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvchi va sudyalar malaka hayʼatining kotibi tomonidan imzolanadi.
17-modda. Sudyalarning malaka hayʼati sudyani maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun rozilik berish toʻgʻrisidagi, uning intizomiy javobgarligi haqidagi, vakolatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, sudyalarga malaka darajasi berish haqidagi masalalar koʻrilganda qaror qabul qiladi, boshqa masalalar koʻrilganda esa xulosa beradi.
18-modda. Sudyalar malaka hayʼatining qarori yoki xulosasi uning majlisda ishtirok etgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan yopiq maslahatlashuvda qabul qilinadi, chiqarilgan xulosa bayon etilib, mazkur aʼzolar tomonidan imzolanadi hamda oʻqib eshittiriladi.
Sudyalar malaka hayʼatining aʼzosi ish boʻyicha qabul qilingan qarorga yoki xulosaga rozi boʻlmagan taqdirda sudyalar malaka hayʼatining qarorini yoki xulosasini imzolaydi hamda oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon etadi, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
19-modda. Sudyalar malaka hayʼatining qarorida yoki xulosasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
sudyalar malaka hayʼatining nomi, tarkibi, sudyalar malaka hayʼatining majlisi oʻtkazilgan joy va vaqt;
intizomiy javobgarligi haqida ish yoki material koʻrilayotgan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
taqdimnoma kiritgan yoki sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
ish holatlari;
sudyaning tushuntirishlari va uning shaxsini tavsiflovchi maʼlumotlar;
qabul qilingan qarorning yoki xulosaning dalillar koʻrsatilgan asosi;
intizomiy jazo chorasi yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish asoslari;
qaror yoki xulosa ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
20-modda. Sudyalar oliy malaka hayʼatining, shuningdek Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qarorlari va xulosalari manfaatdor shaxslarning shikoyatiga yoki taqdimnomasiga koʻra ular tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan yoki xulosa berilgan sudya tomonidan, shuningdek taqdimnoma kiritgan yoki sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxs tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari va xulosalari ustidan Sudyalarning oliy malaka hayʼatiga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar malaka hayʼatlarining qarorlari yoki xulosalari oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan yoki xulosa berilgan sudyaga, shuningdek Oliy malaka komissiyasiga uch kunlik muddatda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar malaka hayʼatining qarorini yoki xulosasini qayta koʻrib chiqish haqidagi shikoyat yoki taqdimnoma qaror qabul qilingan yoki xulosa chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qarorni qabul qilgan yoki xulosani chiqargan sudyalarning malaka hayʼati orqali beriladi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari malaka hayʼatining qabul qilingan qarorini qayta koʻrib chiqish haqidagi shikoyat yoki taqdimnoma tushishi bilan sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ish materiallari manfaatdor shaxslar xabardor qilingan holda besh kunlik muddatda Sudyalarning oliy malaka hayʼatiga yuborilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni yoxud shikoyat yoki taqdimnoma bilan kelib tushgan materialni bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi.
Sudyalarning oliy malaka hayʼati:
qarorni yoki xulosani oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki taqdimnomani qanoatlantirmasdan qoldirishga;
qarorni yoki xulosani bekor qilishga va materialni yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishga;
qarorni yoki xulosani bekor qilishga va materialni oʻz ish yurituviga olishga;
qarorni bekor qilishga va sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni tugatishga;
qarorni oʻzgartirishga va sudyaga boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir.
Sudyalar oliy malaka hayʼatining va Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qarorlari yoki xulosalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga, umumiy yurisdiksiya quyi sudlarining sudyalariga taalluqli masalalar boʻyicha esa, sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Sudyalar malaka hayʼatlarining birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirishdagi ishtiroki
22-modda. Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlari Oliy malaka komissiyasi tomonidan sudyalarning malaka hayʼatlari koʻmagida adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari, shuningdek fuqarolar ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga oʻttiz yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.
24-modda. Adliya, prokuratura, sud, ichki ishlar organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari oʻz xodimlari orasidan birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarga doir takliflar va zarur materiallarni umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining malaka hayʼatlariga, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼatiga yilning har choragida alohida-alohida yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻz xodimlari orasidan birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar va zarur materiallar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoxud sudyalarning tegishli malaka hayʼati orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish haqidagi arizaga nomzod tomonidan oʻz qoʻli bilan toʻldirilgan kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasi va tarjimai hol, fotosuratlar, pasportning koʻchirma nusxasi va baholar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilingan oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi, mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma, sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, ish joyidan maʼlumotnoma-tavsifnoma, tashkilot nomidan tavsiyanoma, fikrnomalar (kamida uch kishiniki) ilova qilinadi.
Adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etilgan birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlarga doir materiallarga qoʻshimcha ravishda idoraviy inspeksiyaning yoki kadrlar boʻlimining nomzodning obroʻ-eʼtibori, xizmatiga oid ragʻbatlantirilishlar, intizomiy jazolar haqidagi maʼlumotnomasi hamda nomzodning kasbiy, ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar, mazkur organlar rahbarining nomzod sudyalik lavozimiga munosibligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar bevosita tegishli sudlarning raislari, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari respublika yoki hududiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish haqida ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda berilgan taklifni (materialni) yoki arizani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari bir oylik muddatda nomzodlarga taalluqli takliflar va arizalar boʻyicha taqdim etilgan materiallarni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nomzodlar xususida xulosalarini umumlashtiradi, birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan shaxslarning roʻyxatlarini shakllantiradi hamda mazkur roʻyxatlarni tegishli materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Shaxslarni birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining Reglamenti bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarning roʻyxatlari nomzodlarning oʻqishi va stajirovkasini tashkil etish uchun Oliy malaka komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxslarning birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborot belgilangan tartibda nomzodlarga va manfaatdor organlarga yetkaziladi.
Shaxsni birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish rad qilingan taqdirda, unga taalluqli materiallar keyinchalik bu haqda ariza bergan shaxsni va manfaatdor organlarni xabardor qilish uchun Oliy malaka komissiyasi tomonidan sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida (bundan buyon matnda Yuristlar malakasini oshirish markazi deb yuritiladi) oʻqitiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining tegishli sudlarida stajirovkadan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqish, shuningdek tegishli sudlarda stajirovkadan oʻtish davrida mehnat vazifalarini bajarishdan asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolingan holda ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxsga oʻqish va stajirovka natijalariga koʻra Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan sertifikat beriladi, Oliy malaka komissiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga esa nomzodning nazariy va amaliy jihatdan tayyorligi haqida xulosa taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxsning stajirovkani oʻtashi uchun masʼul boʻlgan rahbar tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markaziga xulosa beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxsning oʻqishi va stajirovkasi, shuningdek uni har tomonlama oʻrganish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi shaxsni birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasidan chiqarish toʻgʻrisida Oliy malaka komissiyasiga takliflar kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻqish va stajirovkadan oʻtish tartibi va muddatlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlarning tayyorgarligini doimiy asosda monitoring qilib boradi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazadi.
Adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari nomzodning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan nojoʻya xatti-harakatlari, shuningdek nomzod va uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida sudyalarning malaka hayʼatlariga keyinchalik Oliy malaka komissiyasini bu haqda xabardor qilish uchun oʻz vaqtida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari boʻshab qolgan sudyalik lavozimlari toʻgʻrisida birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslarni Oliy malaka komissiyasining topshirigʻiga koʻra xabardor qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi marta sudyalik lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxs boʻshab qolgan sudyalik lavozimlarini egallash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etishi toʻgʻrisida bevosita yoki sudyalarning malaka hayʼatlari orqali Oliy malaka komissiyasiga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Birinchi marta sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatish
31-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati va Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatish ishlarini Oliy malaka komissiyasi bilan birgalikda tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Sudyalar vakolat muddati tugashidan kamida olti oy oldin yangi vakolat muddatiga koʻrsatilish yoxud koʻrsatilishdan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalar va zarur hujjatlarni bevosita yoki Sudyalarning oliy malaka hayʼati yoxud Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati orqali Oliy malaka komissiyasiga beradi.
Boshqa sudyalik lavozimlariga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudyalar arizalar va zarur hujjatlarni bevosita yoki Sudyalarning oliy malaka hayʼati yoxud Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati orqali Oliy malaka komissiyasiga beradi.
Ilgari sudya boʻlib ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimlariga koʻrsatish sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sudyalarning oliy malaka hayʼati va Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida Oliy malaka komissiyasiga xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati va Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Oliy malaka komissiyasi bilan birgalikda yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilgan sudyalarning kasbiy, ishchanlik va shaxsiy fazilatlari darajasini oʻrganish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga koʻra Sudyalarning oliy malaka hayʼati, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan sudyalarni yuqori turuvchi sudyalik lavozimlariga tayyorlash maqsadida alohida dastur boʻyicha sudyalarning malakasini oshirishni, ularni oʻqitishni va ularning stajirovkadan oʻtishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatish masalalari Oliy malaka komissiyasining tegishincha Sudyalarning oliy malaka hayʼati yoki Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati bilan qoʻshma majlislarida koʻrib chiqiladi. Yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilayotgan sudyalar xususida taqdim etilgan materiallar qoʻshma majlis davomida oʻrganib chiqiladi, suhbat oʻtkaziladi va tegishli xulosa qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Qoʻshma majlislar yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga koʻrsatilayotgan sudyalarga taalluqli materiallar tayyor boʻlishiga qarab oʻtkaziladi.
Qoʻshma majlis Oliy malaka komissiyasi va tegishincha Sudyalarning oliy malaka hayʼati yoki Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼati aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Oliy malaka komissiyasining va sudyalar tegishli malaka hayʼatining qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan aʼzolari bittadan ovozga ega boʻladi.
Qoʻshma majlis qarori majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolganida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Ovoz berish chogʻida Oliy malaka komissiyasining va sudyalar tegishli malaka hayʼatining qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Sudyalarga malaka darajalari berish tartibi
36-modda. Sudyalarga malaka darajalari sudyalarning sifat tarkibini yaxshilash, ularning kasbiy malakasini baholash va kasbiy malakasini oshirishni ragʻbatlantirish, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi nizom asosida beriladi.
37-modda. Malaka darajalari Sudyalarning oliy malaka hayʼati tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga koʻra;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan — tegishli sudyalar malaka hayʼatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining raislari taqdimnomalari asosida qabul qilingan xulosasiga koʻra;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalariga nisbatan — harbiy sudlar sudyalari malaka hayʼatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining taqdimnomasi asosida qabul qilingan xulosasiga koʻra beriladi.
Xoʻjalik sudlarining sudyalariga malaka darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga koʻra Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Birinchi marta sudyalik lavozimiga tayinlangan (saylangan) shaxslarga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masala ular ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida koʻrib chiqiladi.
Sudyalarga navbatdagi malaka darajasi berish sudyaning avval berilgan malaka darajasida boʻlish muddati tugagan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Sudyaga malaka darajasi berish uning avval berilgan malaka darajasida boʻlish muddatining yarmi oʻtganidan keyin muddatidan oldin amalga oshirilishi mumkin.
39-modda. Malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishidan kamida bir oy oldin tegishli sud raisi tomonidan sudyaga, uning kasbiy faoliyatiga, ishchanlik va shaxsiy sifatlariga baho berilgan tavsifnoma, shuningdek uning ishi haqida maʼlumotnoma tuziladi.
Tegishli sudning raisi sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning malaka hayʼatiga yuborishdan oldin sudyani tavsifnoma va uning ishi haqidagi maʼlumotnoma bilan tanishtirishi lozim.
Sudya malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan joy va vaqt haqida sudyalar malaka hayʼatining majlisi oʻtkazilishidan kamida ikki hafta oldin sudyalarning malaka hayʼati tomonidan xabardor qilinishi kerak.
40-modda. Malaka darajasi berish, qoida tariqasida, malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda sudyaning hozirligida oʻtkaziladi.
41-modda. Sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatining taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni oldindan oʻrganib chiqishni amalga oshirgan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Shundan soʻng sudyaning, zarurat boʻlganda esa, malaka darajasi berish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborgan mansabdor shaxs eshitiladi.
42-modda. Sudyalar malaka hayʼati sudyaning kasbiy bilimlari darajasiga, ishchanlik sifatlariga, ish staji va tajribasiga, egallab turgan lavozimiga qarab quyidagi xulosalardan birini beradi:
sudyaga taqdimnomada koʻrsatilgan malaka darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish mumkinligi haqida;
sudyani unga ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish toʻgʻrisida.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari malaka hayʼatining sudyalarga malaka darajalari berish masalalariga doir xulosasi barcha zarur materiallar bilan birga uch kunlik muddatda Sudyalarning oliy malaka hayʼatiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani zarur materiallar kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻrib chiqadi.
Sudya malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish joyi va vaqti haqida oldindan xabardor qilinadi.
44-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
sudyaga taqdimnomada va sudyalar malaka hayʼatining xulosasida koʻrsatilgan malaka darajasi berish toʻgʻrisida;
sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish haqida;
sudyani unga ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish toʻgʻrisida.
Sudyalar oliy malaka hayʼatining sudyalarga malaka darajasi berish masalalari boʻyicha qarori sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga yuboriladi.
45-modda. Xoʻjalik sudlarining sudyalariga malaka darajalari ushbu Nizomning 38 — 41, 43 va 44-moddalarida belgilangan tartibda Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Sudyalar oliy malaka hayʼatining va Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining matbuot organlarida eʼlon qilinadi, shuningdek sudyaning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv kiritilib, shaxsiy ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
47-modda. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 73-moddasiga muvofiq, sudya quyidagi hollarda faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga koʻra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin:
odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun;
sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda sudning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etganligi uchun;
sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun.
Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud qarori bekor qilinishining yoki oʻzgartirilishining oʻzi ushbu qarorni chiqarishda ishtirok etgan sudyaning, agar u ataylab qonunni buzmagan boʻlsa yoxud jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgarligiga sabab boʻlmaydi.
48-modda. Sudyalarning oliy malaka hayʼati:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati xoʻjalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish huquqiga quyidagilar ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalariga nisbatan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining raislari — shu sudlarning sudyalariga, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi — shu sud sudyalariga hamda okrug va hududiy harbiy sudlar sudyalariga nisbatan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi — xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Tegishli sudning raisi sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, unda sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishning asoslari koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan mansabdor shaxs sudyani javobgarlikka tortish asoslariga taalluqli maʼlumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma shaklda tushuntirish talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan sudya ish materiallari bilan ular sudyalarning malaka hayʼatiga yuborilguniga qadar tanishtirilishi kerak. Bunda sudya qoʻshimcha tushuntirishlar taqdim etishga yoxud qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
Sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror zarur materiallar bilan birga sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
51-modda. Sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror uni qoʻzgʻatgan mansabdor shaxs tomonidan ishni sudyalarning malaka hayʼatida koʻrib chiqish boshlanguniga qadar chaqirib olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror chaqirib olinayotgan sudya ishning sudyalarning malaka hayʼati tomonidan mazmunan koʻrib chiqilishini talab qilishga haqli.
52-modda. Sudya nojoʻya xatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan eʼtiboran xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqtni, sudyaning uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan vaqtini hamda sudyalarning malaka hayʼatida sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay intizomiy jazoga tortilishi mumkin.
53-modda. Zarurat boʻlganda, sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish boshlanguniga qadar qoʻshimcha tekshiruv oʻtkaziladi, bunday tekshiruvni sudyalar malaka hayʼatining raisi sudyalar malaka hayʼatining aʼzolaridan biriga topshiradi. Bunda qoʻshimcha hujjatlar va materiallarni, shuningdek koʻrib chiqishda sudya qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan sud ishlarini talab qilib olishga yoʻl qoʻyiladi.
54-modda. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudyaga nisbatan quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin:
intizomiy jazo berish toʻgʻrisida;
sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida;
sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida taqdimnoma kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun Oliy malaka komissiyasiga sudyaning intizomiy javobgarligi haqidagi ish materiallarini yuborish toʻgʻrisida.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar Oliy malaka komissiyasi sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar topmasa, sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ish sudyalarning malaka hayʼatiga qaytariladi va ish yuritish qayta tiklanadi. Dastlabki qaror chiqarilgan paytdan to materiallar qaytarilguniga qadar oʻtgan vaqt sudyani intizomiy javobgarlikka tortish muddatiga kirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
55-modda. Sudyalarning malaka hayʼati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy jazolardan birini qoʻllashi mumkin:
hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima.
Intizomiy jazo chorasi qoʻllanilayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va oqibatlari, nojoʻya xatti-harakatning ogʻir-yengilligi, sudyaning shaxsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi.
56-modda. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishni quyidagi asoslarga koʻra tugatadi:
sudya intizomiy javobgarlikka asossiz tortilgan boʻlsa;
sudyani intizomiy javobgarlikka tortishning ushbu Nizomning 52-moddasida nazarda tutilgan muddatlari oʻtkazib yuborilgan boʻlsa;
sudyaning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ish materiallarini sudyalarning malaka hayʼati majlisida koʻrib chiqish bilangina chegaralanish lozim topilgan hollarda intizomiy jazo chorasini qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlmasa.
7-bob. Sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish va muddatidan ilgari tugatish tartibi
57-modda. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasiga muvofiq, sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga koʻra sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan toʻxtatib turilishi mumkin, agar:
Keyingi tahrirga qarang.
sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan boʻlsa;
sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.
Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlguniga qadar uning vakolatlarini toʻxtatib turadi, ushbu asoslar bekor boʻlganidan keyin esa sudyaning vakolatlari toʻxtatib turilishini olib tashlaydi.
58-modda. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari — Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida kiritiladigan taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki oʻz vakolatlari toʻxtatib turilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
8) sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalar malaka hayʼatining qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar mustasno.
59-modda. Oliy malaka komissiyasining umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha taqdimnomasi sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60-modda. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi taqdimnomalar va materiallar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosariga nisbatan — Sudyalarning oliy malaka hayʼatiga;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan — sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboriladi.
61-modda. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi masalani koʻrib chiqib, sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga rozilik berish yoki rozilik bermaslik toʻgʻrisida xulosa beradi.
Sudyalar malaka hayʼatining xulosasi besh kundan kechiktirmay Oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Xalq maslahatchilari saylovini tashkil etish
62-modda. Har bir sud uchun xalq maslahatchilarining soni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining tegishli malaka hayʼatlari tomonidan belgilanadi.
63-modda. Xalq maslahatchilari saylovi jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining tegishli malaka hayʼati tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan, harbiy qismlarda esa, harbiy qismlar qoʻmondonligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
64-modda. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati:
xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazish masalalariga doir arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
xalq maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi;
saylangan xalq maslahatchilarining roʻyxatini tuzadi va tasdiqlaydi;
saylangan xalq maslahatchilariga tegishli guvohnomalar beradi;
xalq maslahatchilarini oʻqitishni tashkil etadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati xalq maslahatchilarini tanlash hamda ularning saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
65-modda. Xalq maslahatchilari saylovi fuqarolarning ish yoki yashash joyidagi yoxud harbiy qismlarning harbiy xizmat joyidagi yigʻilishlarida oʻtkaziladi.
66-modda. Yigʻilishlar kamida yuz nafar saylovchi boʻlgan mehnat jamoalarida, harbiy qismlarda va aholi punktlarida oʻtkaziladi. Agar ularda saylovchilarning soni yuz kishidan kam boʻlsa, saylov boshqa mehnat jamoalari, harbiy qismlar hamda boshqa aholi punktlarida yashovchi saylovchilar bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Yirik korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va harbiy qismlarda xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilishlar ularning saylovchilar soni kamida yuz kishini tashkil etuvchi tarkibiy boʻlinmalarida oʻtkazilishi mumkin. Xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilishlar oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida fuqarolar yigʻilishdan uch kun oldin xabardor etiladi.
67-modda. Xalq maslahatchiligiga nomzodlar koʻrsatish mehnat jamoalari, fuqarolarning yashash joyidagi saylovchilar tomonidan, shuningdek harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning yigʻilishlari tomonidan amalga oshiriladi.
68-modda. Xalq maslahatchilari saylovi har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida, ochiq ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Mehnat jamoasining, harbiy qism harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolar yashash joyidagi saylovchilarning yigʻilishlari ishtirokchilarining yarmidan koʻp ovozini olgan shaxslar xalq maslahatchilari etib saylangan deb hisoblanadi.
69-modda. Xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilishda rais, kotib hamda besh − yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda rayosat saylanadi.
Xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilishda bayonnoma yuritilib, unga ovoz berish natijalari kiritiladi. Bayonnoma rayosat tarkibining barchasi tomonidan imzolanadi. Xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilish bayonnomasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
korxonaning, muassasaning, tashkilotning, harbiy qismning yoki aholi punktining nomi;
yigʻilish oʻtkazilgan joy va vaqt;
saylovchilarning soni;
xalq maslahatchiligiga har bir nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi;
xalq maslahatchiligiga har bir nomzodni yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni;
saylangan har bir xalq maslahatchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili, mashgʻuloti turi, yashash joyi.
Xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilish bayonnomasi imzolanganidan keyin sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga topshiriladi.
70-modda. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati xalq maslahatchilari saylovi boʻyicha yigʻilish bayonnomalari asosida saylov natijalarini aniqlaydi hamda har bir sud uchun alohida-alohida xalq maslahatchilari roʻyxatini tuzadi.
71-modda. Xalq maslahatchilarining roʻyxati sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan tasdiqlanganidan keyin tegishli sudga yuboriladi.
72-modda. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari xalq maslahatchilari saylovi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oliy malaka komissiyasiga taqdim etadi, shuningdek xalq maslahatchilarini oʻqitish ishlari qanday borayotganligi haqida vaqti-vaqti bilan Oliy malaka komissiyasiga axborot berib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
73-modda. Sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xoʻjalik sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, shuningdek harbiy sudlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
74-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda tegishli sudlarning ish hujjatlari blankalaridan, muhridan, shtamplaridan foydalanishga haqlidir.
75-modda. Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 190-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)