18.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2576
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 18.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2576
Кучга кириш санаси
21.04.2014
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2576]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyuldagi 256-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash Milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-182) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq T. OʻLJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-n-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 4-apreldagi 44-n-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-182)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash Milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlari va tavsiyalariga muvofiq, fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar talablari fuqaro aviatsiyasining sertifikatsiyadan oʻtkazilgan oʻquv yurtlariga (bundan buyon matnda oʻquv yurti deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish ishga qabul qilishda va ish jarayonida ularning kasbiga munosib yoki nomunosibligini xolisona baholash, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor deganda oʻquv yurtining aviatsiya xavfsizligi masalalari boʻyicha xodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mutaxassisi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar dastlabki va takroriy sertifikatsiyadan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastlabki sertifikatsiya aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasbiy layoqatini aniqlash, nazariy va amaliy tayyorgarliklarini baholash uchun ishga qabul qilishdan oldin oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Takroriy sertifikatsiya oʻquv yurtining aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasb mahoratini ish davomida takomillashtirish, uslubiy mahorat va bilimlarini tekshirish maqsadida ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquv yurti aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorni uning sertifikati amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin takroriy sertifikatsiyadan oʻtishi lozimligi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning sertifikatsiya imtihonlari (bundan buyon matnda sertifikatsiya imtihonlari deb yuritiladi) savollari oʻquv yurti tomonidan ishlab chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlari boshlanishidan uch oy oldin oʻquv yurti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikatsiya imtihonlaridan oldin aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar hamda aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimiga nomzodlar (bundan buyon matnda instruktorlikka nomzod deb yuritiladi) savollar bilan tanishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquv yurti rahbarining buyrugʻiga asosan sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish uchun aviatsiya xavfsizligi sohasi boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan kamida besh kishilik tarkibda komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatsiya imtihonlarni oʻtkazadi va natijalarini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga sertifikat rasmiylashtirib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastlabki sertifikatsiyadan oʻtish uchun instruktorlikka nomzod ariza va pasportining nusxasini, takroriy sertifikatsiyadan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor pasportining nusxasini komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarning taqdim etgan hujjatlari shu kunning oʻzida komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar aviatsiya xavfsizligi sohasida zarur bilimlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar quyidagilarni bilishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya xavfsizligi sohasidagi milliy qonunchilikni hamda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlari va tavsiyalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroport hududiga kirib-chiqish va nazorat qilish boʻyicha tizimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerda va parvozda xavfsizlikni taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchini havo kemasiga chiqishidan oldin tekshirish choralarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk va bagajlarni tekshirish choralarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasini qoʻriqlash va tekshirish choralarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasida tashilishi taqiqlangan buyum va vositalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm haqidagi umumiy maʼlumotlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sertifikatsiya imtihonlarida komissiya aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlari oʻtkaziladigan joyga oʻz vaqtida pasportlari bilan yetib kelishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sertifikatsiya imtihonlariga pasportisiz kelgan yoki kechikib kelgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlariga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sertifikatsiya imtihonlari test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Test sinovlari 100 ta savoldan iborat boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan qoʻyiladi. 60 ball va undan ortiq ball toʻplagan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sertifikatsiya imtihonlari natijalariga asosan komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga ikki ish kuni ichida mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻta olmagan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadiganlar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻplagan ballaridan norozi boʻlgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaga yoki oʻquv yurti rahbariga murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-182)
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA‎

‎‎
‎‎___________________________________________________________
‎(sertifikatsiya imtihonlari oʻtkazilgan oʻquv yurtining nomi)

‎‎Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorning
‎sertifikatsiyadan oʻtganligi haqida

‎SERTIFIKAT

_____AA____

___0000000__‎

(seriyasi)‎

(raqami)‎

‎‎
‎_______________________________________________________________
‎(aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

sertifikatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi va u fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimida ishlashi mumkin.

Sertifikat‎

‎_____________________________________gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)‎
Komissiya raisi:‎‎ ____________‎

‎‎_______________________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 188-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)