OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2576]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-yanvardagi 59-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash Milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2576-1, 23.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-182) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-aprel,
44-n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 4-apreldagi 44-n-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-182)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2576-1, 23.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar talablari fuqaro aviatsiyasining sertifikatsiyadan oʻtkazilgan oʻquv yurtlariga (bundan buyon matnda oʻquv yurti deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish ishga qabul qilishda va ish jarayonida ularning kasbiga munosib yoki nomunosibligini xolisona baholash, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor deganda oʻquv yurtining aviatsiya xavfsizligi masalalari boʻyicha xodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mutaxassisi tushuniladi.
3. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar dastlabki va takroriy sertifikatsiyadan oʻtishlari shart.
4. Dastlabki sertifikatsiya aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasbiy layoqatini aniqlash, nazariy va amaliy tayyorgarliklarini baholash uchun ishga qabul qilishdan oldin oʻtkaziladi.
5. Takroriy sertifikatsiya oʻquv yurtining aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasb mahoratini ish davomida takomillashtirish, uslubiy mahorat va bilimlarini tekshirish maqsadida ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
2-bob. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish
6. Oʻquv yurti aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorni uning sertifikati amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin takroriy sertifikatsiyadan oʻtishi lozimligi haqida xabardor qiladi.
7. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarning sertifikatsiya imtihonlari (bundan buyon matnda sertifikatsiya imtihonlari deb yuritiladi) savollari oʻquv yurti tomonidan ishlab chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlari boshlanishidan uch oy oldin oʻquv yurti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Sertifikatsiya imtihonlaridan oldin aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar hamda aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimiga nomzodlar (bundan buyon matnda instruktorlikka nomzod deb yuritiladi) savollar bilan tanishish huquqiga ega.
9. Oʻquv yurti rahbarining buyrugʻiga asosan sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish uchun aviatsiya xavfsizligi sohasi boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan kamida besh kishilik tarkibda komissiya tuziladi.
10. Komissiya:
sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi va eʼlon qiladi;
sertifikatsiya imtihonlarni oʻtkazadi va natijalarini eʼlon qiladi;
sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga sertifikat rasmiylashtirib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Dastlabki sertifikatsiyadan oʻtish uchun instruktorlikka nomzod yoki takroriy sertifikatsiyadan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor arizani komissiyaga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2576-1, 23.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)
12. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarning taqdim etgan hujjatlari shu kunning oʻzida komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti eʼlon qilinadi.
3-bob. Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga talablar
13. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar aviatsiya xavfsizligi sohasida zarur bilimlarga ega boʻlishi lozim.
14. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar quyidagilarni bilishlari kerak:
aviatsiya xavfsizligi sohasidagi milliy qonunchilikni hamda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlari va tavsiyalarini;
aeroport hududiga kirib-chiqish va nazorat qilish boʻyicha tizimni;
yerda va parvozda xavfsizlikni taʼminlashni;
yoʻlovchini havo kemasiga chiqishidan oldin tekshirish choralarini;
yuk va bagajlarni tekshirish choralarini;
havo kemasini qoʻriqlash va tekshirish choralarini;
havo kemasida tashilishi taqiqlangan buyum va vositalarni;
terrorizm haqidagi umumiy maʼlumotlarni.
4-bob. Sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish
15. Sertifikatsiya imtihonlarida komissiya aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlari oʻtkaziladigan joyga oʻz vaqtida pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan yetib kelishi shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2576-1, 23.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sertifikatsiya imtihonlariga pasportsiz yoki identifikatsiya ID-kartasiz kelgan, shuningdek kechikib kelgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlariga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2576-1, 23.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)
18. Sertifikatsiya imtihonlari test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
19. Test sinovlari 100 ta savoldan iborat boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan qoʻyiladi. 60 ball va undan ortiq ball toʻplagan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
20. Sertifikatsiya imtihonlari natijalariga asosan komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi.
21. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga ikki ish kuni ichida mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
22. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻta olmagan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadiganlar roʻyxatiga kiritiladi.
23. Toʻplagan ballaridan norozi boʻlgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaga yoki oʻquv yurti rahbariga murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-182)
ILOVA
ILOVA
| | | | |
NAMUNA |
|
| ||||
| | | | | |
|
Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorning | ||||
| | | | | |
| | | |
_____AA____ |
___0000000__ |
| | | |
(seriyasi) |
(raqami) |
| | | | | |
|
| ||||
|
sertifikatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi va u fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimida ishlashi mumkin. | ||||
| | | | | |
| Sertifikat |
_____________________________________gacha amal qiladi. | |||
| | | (yil, kun va oy) | | |
| Komissiya raisi: | ____________ |
_______________________________ | ||
| |
(imzo) |
(familiyasi, ismi, otasining ismi) | ||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 188-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)