OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1915-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 11-fevraldagi 2009-12-son “Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1915, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 122-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-aprel,
2014-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 16-apreldagi 2014-15-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori A. ABDULLAYEV
2014-yil 16-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 189-modda)