28.11.2011 yildagi PQ-1652-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida respublikada — birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatuvchi qishloq vrachlik punktlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridan boshlab, murakkab yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha barcha darajalarni qamrab olgan aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi oʻn yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy laboratoriya, tashxis va davolash uskunalari bilan jihozlashga 750 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda budjet mablagʻlari yoʻnaltirildi va imtiyozli kreditlar hamda grantlar jalb qilindi. Mustaqillik yillarida sogʻliqni saqlash sohasiga qilingan xarajatlar 3,6 baravar oʻsdi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 4,0 foizni, mamlakatning Davlat budjetida esa 15,7 foizdan ortiqni tashkil qilayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1990-yilga nisbatan oʻrtacha umr koʻrish 67 yoshdan 73 yoshgacha ortdi, onalar hamda goʻdaklarning oʻlimi tegishli ravishda 3,1 va 3,2 marotabaga qisqardi. Aholining, ayniqsa sil, gepatit, turli yuqumli xastaliklar bilan umumiy kasallanish darajasi sezilarli ravishda pasaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati, ayniqsa joylarda, tuman va viloyat tibbiyot birlashmalarining moddiy-texnika bazasi holati oʻsib borayotgan zamonaviy talablarga hamon javob bermay kelmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini boshqarish tizimi tubdan takomillashtirilishini taqozo etmoqda, ularda yetakchi xorijiy tibbiyot markazlarining tajribasini, shuningdek, mehnatni tashkil etish va ragʻbatlantirishning ilgʻor shakllarini qoʻllash, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash talab qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlash, respublika sogʻliqni saqlash tizimida boshqarish va mehnatni tashkil etishning ilgʻor shakl hamda uslublarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2012 — 2015-yillarda respublika sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga, ayniqsa qishloq joylarda, yuqori sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishida keng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash, fuqarolarga kasalliklar profilaktikasi va sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha diagnostika hamda ambulatoriya-profilaktika muassasalarining ish samaradorligini tubdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining mavjud quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirgan, zamonaviy uskunalar bilan, shu jumladan ularni xalqaro moliya institutlari kreditlari va grant mablagʻlari hisobidan jihozlagan holda tuman (shahar) darajasida tibbiyot muassasalari tarmogʻi va oʻrinlar fondini maqbullashtirish hamda tarkibiy qayta qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy, xalqaro tajribadan oʻtkazilgan tashkiliy va moliyaviy menejment usullarini tatbiq etib respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash va doimiy ravishda qayta jihozlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati samaradorligini, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda eng yangi tashxis va davolash uskunalari bilan qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiy uskuna va aloqa vositalari bilan butlangan maxsus avtotransport bilan qoʻshimcha jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ona va bola salomatligini muhofaza qilish Milliy modeliga muvofiq onalar va bolalar sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish, perinatal, skrining markazlari, tugʻruqqa koʻmaklashish hamda pediatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini virusli va yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishning profilaktik tadbirlarini kuchaytirish hamda ishonchliligini oshirish, onkologik va sil kasalligiga qarshi xizmatlar muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, profilaktika ishlarining, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashning samarali tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tashxis va davolash uskunalariga, yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ega xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tartibga solish va litsenziya berishni yanada takomillashtirish, ularga nisbatan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq ravishda aholiga sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish talablarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-iyuldagi F-3676-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiyaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2015-yillarda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan sogʻliqni saqlash tizimi statsionar muassasalari tarmogʻi va oʻrinlar fondini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2014-yillar mobaynida olis qishloq aholi punktlarida qishloq aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanishni taʼminlaydigan qoʻshimcha 102 ta qishloq vrachlik punktlarini 3-ilovaga* muvofiq barpo etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 ta tuman tibbiyot birlashmalarini 93 million AQSh dollari miqdoridagi “Salomatlik-3” loyihasini Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirish doirasida zamonaviy laboratoriya, tashxis va davolash uskunalari bilan jihozlanadigan tuman tibbiyot muassasalarining tashxis, statsionar va koʻmakchi boʻlinmalarini bir hududda ixcham joylashtirish asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KfV bankining 27 million yevro miqdoridagi imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan barcha viloyatlar va Nukus shahridagi koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining binolarini, shuningdek, umumiy qiymati 13 million yevro miqdorida jalb etiladigan imtiyozli kreditlar va Germaniya hukumatining grant mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kattalar uchun moʻljallangan 5 ta tibbiyot markazlarining binolarini rekonstruksiya qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-2013-yillarda 4-ilovaga* muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini aksiyalashtirish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari aksiyalarining 51 foizini davlatda saqlab qolgan holda, davlat ulushi boʻyicha tegishli boʻlgan dividendlarni 2020-yilni ham oʻz ichiga olgan davrda birinchi navbatda ixtisoslashtirilgan markazlarni toʻliq jihozlash va qayta jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot uskunalarini xarid qilishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning 49 foizini ixtisoslashtirilgan markazlarning mehnat jamoalariga (ulushni tasarruf qilish va taqsimlash huquqisiz) foydalanish uchun berib, ular boʻyicha tegishli boʻlgan dividendlarni ixtisoslashtirilgan markaz faoliyatining pirovard moliyaviy natijalarida xodimlarning mehnat ishtiroki koeffitsiyentiga qarab ularni (shu jumladan, markazlarning rahbarlar tarkibi uchun 10 foizgacha) moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari Kengashlarining tarkibiga Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalarning vakillarini kiritgan holda ularning zimmasiga markazlar faoliyati strategiyasini shakllantirishda faol qatnashish, Kengash tomonidan tasdiqlanadigan biznes-rejalar bajarilishini nazorat qilish, budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalarini yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan viloyat va tuman boʻgʻinidagi 46 ta sogʻliqni saqlash muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini-oʻzi toʻla moliyalashtirishga oʻtkazish, shuningdek, 57 ta tibbiyot muassasalarining umumiy xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablagʻlar salmogʻini oshirish haqidagi takliflari 5* va 6-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2012 — 2015-yillarda budjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash dasturlarini shakllantirish chogʻida qishloq vrachlik punktlarini, tuman tibbiyot birlashmalari hamda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, shu jumladan bolalar tibbiyot markazlarining binolarini rekonstruksiya qilish va qurish uchun kapital mablagʻlarning zarur limitlarini nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2015-yillarga moʻljallangan dasturiy chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlagan holda, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining, kechiktirib boʻlmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, onkologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, silga qarshi muassasalarni eng avvalo, xalqaro moliya institutlari hamda donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari hisobiga tubdan qayta jihozlash boʻyicha moliyalashtirishning aniq manbalari va ularni amalga oshirish muddatlarini koʻrsatib oʻtsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziyalar beriladigan tibbiy faoliyat ixtisoslashuv turlarining yangilangan roʻyxatini, undan odamlarning, ayniqsa bolalarning hayoti va salomatligi uchun yuqori darajadagi xatar bilan bogʻliq turlarini chiqarib tashlab, shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari uchun litsenziya talablari va shartlarini hamda ularga rioya etilishi uchun javobgarlikni kuchaytirgan holda Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2012-yilning 1-martiga qadar viloyatlarning tibbiy tashxis markazlarini, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, kechiktirib boʻlmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari va onkologiya xizmati hamda sil kasaliga qarshi muassasalarni zarur asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari hamda donor mamlakatlarning imtiyozli kreditlari va grantlarini jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012 — 2015-yillarda tuman tibbiyot birlashmalarining tarmogʻi va oʻrinlar fondini maqbullashtirish, shuningdek, viloyat sogʻliqni saqlash muassasalari umumiy xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablagʻlar salmogʻini bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish boʻyicha ushbu Qaror bilan tasdiqlangan jadvallarga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, boʻshaydigan mablagʻlarni sogʻliqni saqlash muassasalarining anjomlar, sarflanadigan materiallar, reaktiv va dori-darmonlar bilan taʼminlanishini yaxshilashga maqsadli yoʻnaltirilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” Farmonida berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2018-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bojxona imtiyozlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan olib kelinadigan tibbiyot uskunalariga, butlovchi buyumlarga, tibbiyot uskunalarining ehtiyot qismlari va sarflanadigan materiallariga nisbatan joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1652-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 11-son, 341-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda)