O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2011-yil 5-mart shanba dam olish kunini 2011-yil 7-mart dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2011-yil 5-mart shanba dam olish kuni 2011-yil 7-mart dushanbaga ko‘chirilsin;
2011-yil 5-mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-fevral,
PQ-1490-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 2-son, 28-modda)