Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuniga muvofiq, shuningdek standartlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-mart,
45-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 589-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “andozalar, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomning 7-bandidagi “Davlat standartlariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshidan “va texnikaviy shartlarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizomda:
2-banddagi “*” “havola” va uning matni chiqarib tashlansin;
3-bandning “m” kichik bandidagi “texnik shartlar” va “n” kichik bandidagi “va texnik shartlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-maydagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish haqidagi nizomda:
a) II boʻlimda:
ikkinchi xatboshidagi “texnika shartlari” soʻzlari “texnik reglamentlari yoki standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “maxsus davlat standartlari” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) III boʻlimning 4-bandidagi “shartlari” soʻzi “reglamentlari yoki standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koʻrsatish qoidalarida:
a) I boʻlimning 6-bandi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“koʻrsatiladigan xizmatlarning barcha turlariga texnik reglamentlar yoki standartlar”;
b) III boʻlimda:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “standartlar, texnikaviy shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “standartlashtirish boʻyicha normativ-texnik hujjatlar — xizmatlarning har bir turi standartlari, texnik shartlari” soʻzlari “xizmatlarning har bir turi texnik reglamentlari yoki standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) IV boʻlimning 6-bandidagi “standartlar, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “shartlarni” soʻzi “reglamentlar yoki standartlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-banddagi “shartlarga” soʻzi ““reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-banddagi “shartlari” soʻzi “reglamentlari yoki standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “shartlarga” soʻzi “reglamentlar va standartlarga”, 37-banddagi va 42-bandning birinchi xatboshidagi “shartlariga” soʻzi “reglamentlari yoki standartlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “standartlari” soʻzi “texnik reglamentlari yoki standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 35-bandning birinchi xatboshidagi, 40-banddagi “standartlar” soʻzi va 2-ilovadagi “standart” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
6 va 170-bandlardagi “standartlar” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari, 14-bandning sakkizinchi xatboshi, 37-bandning birinchi xatboshi, 48-banddagi, 170-bandning birinchi xatboshidagi va 176-banddagi “standartlarning” soʻzi “texnik reglamentlar va standartlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat” soʻzi “texnik reglamentlar va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “belgilangan standartlar talablariga va/yoki ishlab chiqaruvchining texnik shartlariga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
58-bandning birinchi xatboshidagi “standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
72-banddagi “davlat standartlariga hamda texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
89-bandning birinchi xatboshidagi “standartlar yoki texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
190-bandning oʻninchi xatboshidagi “standart talablariga, texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida:
4-banddagi “standartlar” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandning sakkizinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar va boshqa talablar” soʻzlari “talablar bilan birgalikda texnik reglamentlar yoki standartlarning nomi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 30-bandning oltinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari, 43-banddagi “davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 60-bandning ikkinchi xatboshidagi “standartlar talablariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 71-banddagi “standartlar talablari va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 74-banddagi “standartlar talablariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasida:
a) 31-banddagi “davlat standartlariga, texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 48-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “davlat standartlariga hamda texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandidagi “texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “2004-2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
2.1-bandning beshinchi xatboshidagi “davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “standartlar” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “standartlarga” soʻzi “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.5-banddagi “standart va texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga Namunaviy shartnomaning 5.3-bandidagi “standart, texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastota spektorini industrial radiotoʻsiqlardan himoya qilish toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” soʻzlari “texnik reglamentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 269-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 54-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “shartlar” soʻzi “reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshidagi “shartlar” soʻzi “reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi (Davlatlararo standart — GOST, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standarti — O'zDSt, Tashkilotning standarti — Ts) va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda — texnologik yoʻriqnoma va retseptura ilova qilinadi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mahsulotlarga va ularga oʻzgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
b) “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan Standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning ishlarini tashkil etish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past boʻlmagan yangi talablar joriy etilishini taʼminlash shartlariga rioya etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitalarining, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish boʻyicha texnika qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;
amaldagi standartlarni, maxsus texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini taʼminlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid boʻlgan standartlarning, maxsus texnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash toʻgʻrisida davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “davlat va tarmoq” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “tegishli davlat va tarmoq” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) 17-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga oʻzgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarning davlat reyestri | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi | ”; |
b) 17-1 pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandda:
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning “a” kichik bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlariga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “Oʻzstandart” agentligining tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “standartlar” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning “b” kichik bandidagi “davlat standartlariga va boshqa normativ hujjatlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmogʻi axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “davlat va tarmoq standartlariga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-iyundagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlari olib borish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning oltinchi xatboshidagi “umumiy standartlarga” va “bunday standartlar” soʻzlari tegishli ravishda “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” va “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning sakkizinchi xatboshidagi “standartlarga, texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ular boʻyicha kontrakt tuzilishi zarur boʻlgan tovarning, ishlar va xizmatlar turining tavsifi, shu jumladan tovarning yoki ishlar va xizmatlar turining zarur texnik tavsiflari, ularning tavsifi va sifatini aks ettiruvchi standartlar”;
g) 32-bandning oʻn beshinchi xatboshidagi “xalqaro va milliy” soʻzlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 31-banddagi “davlat standartlari” soʻzlari “oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 32-bandagi “davlat yoki tarmoq standartlari” soʻzlari “oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar”soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 33-banddagi “davlat standartlari” soʻzlari “oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga”soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “standartlarga” soʻzi “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga ega boʻlgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatda)”;
b) 11-bandda:
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlarida” soʻzlari “texnik reglamentlarda yoki standartlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xalqaro va milliy standartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “standartlar” soʻzi “texnik reglamentlar yoki standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida:
a) 7-banddagi “standartlarga va texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 121-banddagi “tayyorlash, sinash va qabul qilishga texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning uchinchi xatboshidagi “talablariga” soʻzi “reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “standartlarga yoki texnik shartlarga” soʻzlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
31. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “davlat tarmoq standartlari” soʻzlari “standartlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 3-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi hamda 2 va 3-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 105-modda; 2017-y., 26-son, 589-modda, 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)