Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurtaga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1945-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurtani 480-satrining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar
Obyazatelnie otchisleniya vo vnebudjetniy Fond rekonstruksii, kapitalnogo remonta i osnaщeniya obщeobrazovatelnix shkol, professionalnix kolledjey, akademicheskix litseyev i meditsinskix uchrejdeniy”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-fevral,
12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 111-modda)