Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2564]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-fevral,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
1-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shakli
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalarga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) muvofiq tuzilgan sugʻurtalovchilarning yillik moliyaviy hisobot shakllari;
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 5-son) belgilangan talablarga muvofiq ravishda tuzilgan, sugʻurtalovchi faoliyatining yakuniy natijalariga hisobot yilida taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati;
Keyingi tahrirga qarang.
majburiy auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha tuzilgan auditorlik xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati boʻlgan sugʻurtalovchi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin eʼlon qiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 6-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2564-1, 01.03.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sugʻurtalovchi qoʻshimcha ravishda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa axborotni ham eʼlon qilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sugʻurtalovchi yillik moliyaviy hisobotni majburiy auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan keyin oʻn besh kun ichida, lekin sugʻurtalovchining yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin, oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
4. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda besh ish kuni ichida oʻzgartirilgan maʼlumotlar, oʻzgartirish sabablari hamda oldin eʼlon qilingan axborotni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda koʻrsatgan holda oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sugʻurtalovchi ushbu Nizomning 3 va 4-bandlariga muvofiq oʻzi tomonidan yillik moliyaviy hisobot (oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobot) eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Yakuniy qoidalar
6. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 102-modda; 2016-y., 9-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)