28.02.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2564
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2564]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) bajarish yuzasidan buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalarga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) muvofiq tuzilgan sugʻurtalovchilarning yillik moliyaviy hisobot shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 5-son) belgilangan talablarga muvofiq ravishda tuzilgan, sugʻurtalovchi faoliyatining yakuniy natijalariga hisobot yilida taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha tuzilgan auditorlik xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyati boʻlgan sugʻurtalovchi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin eʼlon qiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 6-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2564-1, 01.03.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchi qoʻshimcha ravishda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa axborotni ham eʼlon qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurtalovchi yillik moliyaviy hisobotni majburiy auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan keyin oʻn besh kun ichida, lekin sugʻurtalovchining yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin, oʻzining rasmiy veb-saytida va moliyaviy-iqtisodiy yoʻnalishdagi respublika bosma nashrlarida eʼlon qiladi. Bunda sugʻurtalovchi tomonidan, aksiyadorlik jamiyati boʻlgan sugʻurtalovchi bundan mustasno, bosma nashrlarda yillik moliyaviy hisobotning faqat quyidagi shakllari (qisqartirilgan shaklda boʻlishi mumkin) sugʻurtalovchining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotiga havola majburiy tartibda koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl — sugʻurta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurta.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-1, 01.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda besh ish kuni ichida oʻzgartirilgan maʼlumotlar, oʻzgartirish sabablari hamda oldin eʼlon qilingan axborotni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda koʻrsatgan holda oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurtalovchi ushbu Nizomning 3 va 4-bandlariga muvofiq oʻzi tomonidan yillik moliyaviy hisobot (oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobot) eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida tegishli bosma nashrning nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 102-modda; 2016-y., 9-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)