Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini ehtiyotlab saqlash va ulardan zamonaviy foydalanishni oqilona tashkil etish yoʻli bilan Shahrisabz shahrining bosh rejasi amalga oshirilishini taʼminlash, uning tarixiy-arxitekturaviy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, Dastur quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
1-ilovaga* muvofiq yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
2-ilovaga* muvofiq shahar atrofida yangi zamonaviy avtobus stansiyalari qurish va mavjudlarini mukammal taʼmirlash, shuningdek avtobus parkining harakatdagi tarkibini yangilash;
3-ilovaga* muvofiq kommunikatsiyalar tizimlarini rivojlantirish;
4-ilovaga* muvofiq arxitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yaxshilash;
5-ilovaga* muvofiq tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va ularning holatini yaxshilash;
6-ilovaga* muvofiq zamonaviy mehmonxonalar qurish;
7-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi va koʻp qavatli uy-joylarni loyihalash va ularni qurish uchun yer uchastkalari ajratish.
*1—7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha 8-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb ataladi) tuzilsin.
Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga:
Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Dasturga kiritilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish, shuningdek mablagʻlardan qatʼiyan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur ishlar koʻlamini sifatli tayyorlagan holda Shahrisabz shahrining bosh rejasiga muvofiq, avariya holatidagi va eskirgan uy-joylarning belgilangan tartibda oʻz vaqtida buzib tashlanishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklansin.
Ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Dasturga vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari bilan kelishilgan asoslangan takliflari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda Dasturni amalga oshirish doirasida faoliyat koʻrsatuvchi tijorat banklari:
bir oy muddatda — Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga qatʼiy muvofiq ravishda toʻliq bajarilishini taʼminlasinlar;
paydo boʻladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni koʻrgan holda, Dastur parametrlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsinlar ;
Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida har oyda Ishchi komissiyaga axborot taqdim etsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2015-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini hamda Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ularga, belgilangan tartibda asoslangan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning kiritilishini taʼminlasinlar.
5. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari:
maqbul yer uchastkalari ajratishda, shuningdek turizmni va boshqa biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashishni;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Shahrisabz shahrining madaniy meros obyektlarini saqlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyihalash ishlarining ekspertizadan oʻtkazish bilan birgalikda amalga oshirilishini va Dasturga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan zarur darajadagi davlat nazoratini taʼminlasin.
7. Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun jalb etilgan buyurtmachilarga hamda pudrat tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkalar boʻyicha kreditlar ajratish tijorat banklariga tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-fevral,
31-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi komissiya
TARKIBI
| Azimov R.S. | — |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbari |
| Zakirov B.I. | — |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| Ibragimov Gʻ.I. | — |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| Roʻziyev Z.Sh. | — | Qashqadaryo viloyati hokimi |
| Xojimatov M.M. | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri |
| Kamalov A.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinb�sari |
| Turdiyev D.R. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Abdullayev M.R. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Mirzaxidov X.M. | — | Davlat aloqa qoʻmitasi raisi |
| Arabov S.A. | — | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi |
| Gafarov S.X. | — |
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Mansurov R. |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligining bosh boshqarmas� boshligʻi |
| Mustafayev U.M. | — | Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
| Xolmuxamedov U.O. |
— |
“Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori |
| Shukurov J.M. | — |
Respublika yoʻl jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori |
| Abduvaliyev A.A. | — | “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Basidov I.S. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Eshmuradov B.B. | — | “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bosh muhandisi |
| Norov F.Y. | — | Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi |
| Abdullayev B.U. | — | “OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori |
| Qurbonov Sh.T. | — | Qashqadaryo viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Avazov N.N. | — | Shahrisabz tumani bosh arxitektori |
| Boqiyev F.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yigʻma ATD mudiri, Ishchi komissiya kotibi |
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 82-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 37-son, 431-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)