Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2015 16.11.2013 yildagi 578-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2015
Hujjat 01.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining 2014-yil 28-noyabrdagi 523-k-sonli “2015-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ish joylarining eng kam miqdorini belgilash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi asosida ish koʻrib, 2014-yilga ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori 1-ilovaga* muvofiq belgilansin, bu 584 tani tashkil etadi. jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun 12 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim oluvchi bitiruvchilar uchun 325 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 147 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 20 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 37 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 11 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 32 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxslarni koʻrsatib oʻtilgan toifalari uchun ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan aksil koʻrsatkichlar hisobga olingan holda xodimga mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin 1 yil davomida shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, oʻrta-maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslar uchun ular oʻquv yurtlarini tamomlaganlaridan yoki boʻshatilganlaridan keyin 1 yil davomida ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan har qanday ish joylari kabi talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona, tashkilot va muassasalar. ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan ish joylari boʻyicha barpo etilishi lozim boʻlgan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin (ajratib yoki band qilib qoʻysin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi kalendar yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan ish joylarining umumiy miqdorini kamida 25 foizi tayyor boʻlishini taʼminlashga, bu haqida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangunga qadar maʼlumot taqdim etishi, ish joylarining qolgan (75 foiz) qismini kalendar yilining birinchi choragi davomida barpo etishi (ajratishi yoki band qilib qoʻyishi ) majburligi va bu haqida esa Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay maʼlumot taqdim etilishi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ish joylariga ishga qabul qilingan fuqarolar haqida yil davomida har oyning 25 sanasiga qadar tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga maʼlumot berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha nogironlar uchun ish joylarini barpo etgan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solish boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlishligi taʼkidlab oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilot, muassasaning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Raxmonov)ga bir hafta muddatda qarorni 1-ilovasida koʻrsatilgan tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Paxtakor” gazetasi muharriri (A. Komilov)ga ushbu qarorni gazeta sahifalarida chop etish va keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 13-oktabr kungi 597-K-sonli qarori 2014-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror 2014-yil 1-yanvar kunidan kuchga kirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Raxmonov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim U. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izboskan t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
578-q-son