Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019 06.02.2014 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda pasport tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro oʻtkazib yuborish chegara punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasport nazoratidan oʻtishi tartib-qoidasini soddalashtirish, ularning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2014-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi faqat biometrik pasportlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A. Axmedbayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) chet elga chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari oʻz vaqtida hujjatlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yil 1-iyuldan boshlab havo va temir yoʻl transportida chet elga chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining avia va temir yoʻl chiptalarini rasmiylashtirish va sotish biometrik pasportlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi (R. Eminjonov) 2014-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qaror talablariga muvofiq chet elga chiqishining belgilangan tartibda nazorat qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoxud konsullik muassasalarida doimiy konsullik hisobida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ushbu qaror qoidalari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinishi boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov) ushbu qaror qoidalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 68-modda)