Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.1991 16.11.1991 yildagi PF-291-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.1991
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKANING DAVLAT TA’MINOTIDAGI AHOLISI TURMUSh DARAJASIGA MADAD BERISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 12-dekabrdagi PF-306-son “Erkin narx belgilash munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning davlat ta’minotidagi aholisi moddiy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, fan va uy-joy-kommunal tarmoqlar (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlarining ish haqi o‘rta hisobda 40—50 foiz oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy o‘quv yurtlari studentlarining, texnikumlar hamda respublika hukumatining qarorlariga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan ta’minlanmayotgan hunar-texnika bilim yurtlari talabalarining stipendiyalari 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘rta hisobda 30 foiz oshirilib, imtiyozli ovqatlanishga qo‘shimcha haq avvalgi miqdorda saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng kam miqdori oyiga 200 so‘m hajmida belgilansin. Bunda ishlamaydigan pensionerlarga beriladigan kompensatsiya to‘lovlari avvalgi miqdorda saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng kam miqdori oyiga 200 so‘m hajmida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilari, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarining ish haqini oshirish haqida”gi 1990-yil 13-noyabr Farmoni 1992-yil 1-yanvaridan boshlab respublika hunar-texnika ta’limi sistemasi o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga ham joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlasin va ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-291-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 6-modda)