sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasiga asosan, tuman hududidagi ish bilan band boʻlmagan “ishsiz” maqomi berilgan fuqarolarni ishga joylashtirish borasida vujudga kelgan ogʻir vaziyatdan chiqish hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining takliflariga koʻra tashkilotlar, muassasalar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini yaʼni, hamma uchun qulay, maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan, vaqtinchalik ish joylarini barpo etish maqsadida qaror qilaman:
1. 2014-yil davomida Sayxunobod tumanidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari Z. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hokim A. TURDIBOYEV
Sayxun sh.,
2013-yil 2-avgust,
1146-son