Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.05.1990 yildagi 224-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR aholisiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari sotishni barqarorlashtirishga doir muvaqqat choralar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti respublika iste’mol bozorini barqaror qilish maqsadida qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1990-yil 30-maydan boshlab respublika territoriyasida yashovchi aholiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollarini pasport, xizmat guvohnomasi, student bileti, pensiya guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga qarab sotishning muvaqqat tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-avgustdagi 228-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga vaqtincha (komandirovka, harbiy xizmat, turistik safar, mehnat shartnomasi bo‘yicha ish va boshqa sabablar bilan) kelgan fuqarolarga kundalik ehtiyoj mollari xalq deputatlari mahalliy Soveti tegishli ijroiya komiteti tomonidan belgilab qo‘yilgan alohida ro‘yxat va normaga muvofiq sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq an’analari va udumlari (to‘ylar, dafn marosimlari, marhumlar hurmati uchun o‘tkaziladigan marosimlar va boshqalar) bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va mollar sotish normasi ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridorgir nooziq-ovqat mollarni sotish xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlarining qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mollarni sotishning muvaqqat tartibi joriy etilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, viloyat ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komiteti vujudga keladigan barcha masalalarni ko‘rib chiqsinlar va hal etsinlar, shuningdek, mollarning belgilangan normaga muvofiq sotilishini nazorat qilib turishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston SSR Savdo ministrligi, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston SSR Davlat moddiy-texnika ta’minoti komiteti, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi davlat-kooperativ komiteti, O‘zbekiston SSR Don mahsulotlari ministrligi, O‘zbekiston SSR Binokorlik materiallari sanoati ministrligi, O‘zbekiston SSR Qurilish ministrligi, O‘zbekiston SSR Davlat neft mahsulotlari bilan ta’minlash komiteti, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, viloyat ijroiya komitetlari, Toshkent shahar ijroiya komiteti savdoning uzluksiz bo‘lishini ta’minlash uchun planga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish hisobidan, shuningdek tovar ayirboshlash yo‘li bilan olingan resurslardan mollarning zapaslarini vujudga keltirish uchun zarur choralarni ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotlariga ana shu maqsadda normativ tovar zapaslarini ko‘paytirishga ruxsat etilsin. SSSR davlat banki, O‘zbekiston respublika banki, ixtisoslashtirilgan banklar yiliga 2 foiz foyda olib, normadan ortiqcha mollar zapaslariga kredit berishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekbirlashuvga “Sentrosoyuz” yo‘li bilan tovar ayirboshlash operatsiyalari orqali olingan radioteleapparatlar va boshqa chet el mollarini O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining roziligi bilan oziq-ovqat mahsulotlariga va binokorlik materiallariga almashtirish uchun mamlakatning boshqa regionlariga yuborish tavsiya etilsin. Respublika uchun ajratilgan chet el radiotexnikasini 1991-yildan boshlab tegishli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari, tikuv va to‘quv mashinalari, bolalar uchun chiqarilgan tovarlarga almashtirish imkoniyatlari “Sentrosoyuz” bilan birgalikda ko‘rib chiqilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-avgustdagi 228-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston SSR Davlat televideniye va radioeshittirish komiteti, O‘zTAG, respublika gazetalari redaksiyalari mazkur qarorni matbuotda e’lon qilsinlar, uni keng yoritish bo‘yicha ko‘rsatuv va eshittirishlar turkumi tayyorlashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari o‘rtoq D. D. Berkovga, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetining, viloyat ijroiya komitetlarining, Toshkent shahar ijroiya komitetining raislariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisi Sh. MIRSAIDOV
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Ishlar Mudirining o‘rinbosari R. ABDUQODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1990-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-son