Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qoʻriqlash faoliyatini tartibga solish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini noqonunga tajovuzlardan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻriqlash faoliyati faoliyati bilan shugʻullanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. 2014-yil 1-fevral kunidan nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan qoʻriqlash faoliyati hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi taqiqlansin.
3. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda inventarizatsiya oʻtkazin va qoʻriqlash faoliyati hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslarni aniqlasin hamda ularning faoliyatini toʻhtatish va tugatish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Milliy gvardiya, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning mulkini qoʻriqlash xizmatlar koʻrsatish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarni taʼsis etishga urinish va faoliyat koʻrsatishini qatʼiy oldini olish hamda yoʻl qoʻymaslik yuzasidan samarali nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, budjet tashkilotlari hududiga kirish-chiqish rejimi va mulkni qoʻriqlanishini faqat Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi bilan shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlar orqali taʼminlashlari belgilansin.
Qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanib kelgan nodavlat tashkilotlar xizmatlaridan foydalanib kelgan yuridik va jismoniy shaxslarga Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi bilan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishlari tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda namunaviy shartnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qoʻriqlash” birlashmasi tomonidan qoʻriqlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tariflarni xalqchillik va narxlarning maqbulligi nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqsin;
yuridik shaxslarga shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlashga qaratilgan zaruriy tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazur qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qaror ijrosi ustdan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari R.S. Azimov va Ichki ishlar vaziri A.A. Ahmadboyevga yulatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-yanvar,
16-son