Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
DAVLATLAR VA AJNABIY ShAXSLAR OʻRTASIDAGI INVESTITSIYaGA DOIR NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYAGA QOʻShILISh HAQIDA
Tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasida ajnabiy investorlarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan kafolatlarini taʼminlash va himoya qilish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Davlatlar va ajnabiy shaxslar oʻrtasidagi investitsiyaga doir nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi (1965-yil Vashingtonda qabul qilingan) Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
881-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 265-modda)