Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston SSJdagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuni (6-modda, 2-band)ni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining barcha ijroiya qoʻmitalariga yetkazsinlar va uning bajarilishini doimiy nazoratga olsinlar.
3. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalarida shu vaqtgacha roʻyxatdan oʻtkazilmagan barcha korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan taʼminlangan filiallar va tarkibiy boʻlinmalar 1991-yilning II-III choraklari davomida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishga majburligi maqsadga muvofiq deb topilsin.
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan korxonalar (tashkilotlar), filiallar va tarkibiy boʻlinmalarning xoʻjalik faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan korxonalar (tashkilotlar)ning, filiallar, tarkibiy boʻlinmalarning daromadlari noqonuniy hisoblanadi va budjetga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston SSJ Vitse prezident Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-iyun,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom mulkiy shakllari va qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, “Oʻzbekiston SSJdagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston SSJ hududida ishlab chiqarish (xoʻjalik), tijorat va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan taʼminlangan filiallar va tarkibiy boʻlinmalar (bundan keyin korxonalar deb ataladi)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston SSJ qonuni bilan boshqa tartib nazarda tutilgan korxonalarga taalluqli emas.
2. Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish korxona joylashgan xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Sovetining ijroiya qoʻmitasi (bundan keyin roʻyxatga oluvchi organ deb ataladi)di amalga oshiriladi.
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun korxonalar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) mulkchilikning yoki vakil qilingan organning yangi korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori, ishlab turgan korxonalar uchun — ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi dastlabki hujjatlar.
Yakka tartibdagi (xususiy) va jamoa (shirkat) mulki (kooperativlardan tashqari)ga asoslangan korxonalar taʼsis hujjatlarining notarial jihatdan tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadilar:
yakka tartibdagi (xususiy) korxona tashkil etish toʻgʻrisida fuqaroning yoxud muassasaning arizasi;
jamoa korxonasi tashkil etishni xohlovchi fuqarolarning taʼsis majlisi bayonnomasi;
mulkchilikning jamoa shakliga asoslangan korxona mehnat jamoasi umumiy yigʻilishining bayonnomasi;
b) korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
v) korxonani taʼsis etuvchi (taʼsis etuvchilar) tomonidan tasdiqlangan korxonaning Ustavi va uning tovar belgisi;
g) yangidan tashkil etilayotgan korxonalar uchun, agar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun yer maydoni talab qilinsa, yerdan foydalanuvchining rozilik xati;
d) Oʻzbekiston SSJ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mahalliy organlarida korxonalarning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlutotnoma;
e) korxonani roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Barcha turdagi kooperativlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 17-avgustdagi 304-son farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston SSJ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mahalliy organlarida kooperativning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 250 soʻm miqdorida davlat boji olinadi. Nogironlar, urush, mehnat, SSJI Qurolli Kuchlari faxriylari yoki pensiya yoshiga yetgan kishilar (pensionerlar) ishlaydiganlarning kamida 50 foizini tashkil qiladigan korxonalarning roʻyxatga olinganlik uchun davlat boji 50 foizga qisqartiriladi. Olingan mablagʻlar korxona roʻyxatdan oʻtkaziladigan nihoya, shahar, shahardagi nihoya budjetiga oʻtkaziladi.
Ustavlarni oʻzgartirganlik va qoʻshimchalar uchun, shuningdek, korxonalar qayta tuzilganda va tugatilganda roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlangan summaning 50 foizi miqdorida pul olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olish daftariga kiritish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitasining moliya-soliq organiga oʻn kun muddat ichida yetkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtkaziladigan har bir korxona uchun roʻyxatga olish daftarida alohida varaq ochiladi, unga roʻyxat grafasida (1-ilova) nazarda tutilgan maʼlumotlar yoziladi.
7. Roʻyxatdan oʻtkazilgan korxonaga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida order (2-ilova) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ishlab turgan korxonalar har qanday qayta tuzish yoki oʻzlarining faoliyat turlariga oʻzgartirish kiritgan hollarda, shuningdek, yangidan tuzilgan korxonalar besh kun muddat ichida ularning aynan oʻxshash va klassifikatsiya belgilarini aniqlash maqsadida korxonalar va tashkilotlarning umumittifoq klassifikatorini yuritish toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan tartibda OʻzSSJ Davlat statistika qoʻmitasiga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1-ILOVA
| ______________________________ hududidagi korxonalarning | |||
|
ROʻYXATI | |||
| Roʻyxatga olish № ________ | Roʻyxat varagʻi _________________ | ||
| Korxonaning nomi ______________________________________ | |||
| Yuqori tashkilot (korxonani taʼsis etuvchi) nomi_____________ | |||
| ______________________________________________________ | |||
| Roʻyxatga olingan sana ___________________________________ | |||
| Yozuv № va roʻyxatga kiritilgan sana | Faoliyat maqsadi | Korxonaning manzilgohi | Tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
2-ILOVA
|
KORXONANI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA DAVLAT | |
|
ORDERI _______________ | |
| |
199____ yil “__”_________ |
|
Mazkur order ______________________________________ | |
|
(xalq deputatlari mahalliy Sovetining ijroiya qoʻmitasi) | |
| ______________________________________ da roʻyxatdan | |
| oʻtgan _________________________________ ga berildi. | |
|
(korxonaning nomi) |
|
| | |
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana |
Roʻyxat № ____ |
| 199___ yil “__”_______ | |