Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
IZMIR SHARTNOMASI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI (IHT)GA KIRISHI TOʻGʻRISIDAGI HUJJATNI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Izmir Shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1992-yil 28-noyabrda Islomobod shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga kirishi toʻgʻrisidagi hujjat ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
830-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 214-modda)