Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN POKISTON ISLOM RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI DAVLATLARARO MUNOSABATLAR VA HAMKORLIK PRINSIPLARI TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan 1992-yil 27-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
829-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 213-modda)