Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat simfonik orkestrini Oʻzbekiston milliy simfonik orkestriga aylantirish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston simfonik muzikasini yanada rivojlantirish va targʻib qilish maqsadida OʻzSSJ Madaniyat vazirligining Davlat simfonik orkestrini Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestriga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 28-avgust,
225-son