15.08.1991 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

V.I. Lenin nomidagi Toshkent davlat dorilfununi huzuridagi yuridik institutini Toshkent davlat yuridik institutiga aylantirish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash uchun yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitida jumhuriyat xalq xoʻjaligini ular bilan taʼminlash maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1991-yil 10-avgustdan eʼtiboran Oʻzbekiston SSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining V.I.Lenin nomidagi ToshDU huzuridagi yuridik instituti negizida, OʻzSSJ Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazgan holda, Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumhuriyatda yuridik kadrlar tayyorlash, davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlarning hamda ilmiy-amaliy ishlanmalarning sifat jihatidan yangi va samarali tizimini yaratish boʻyicha OʻzSSJ Adliya vazirligi bilan yuridik instituti oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar haqida 1991-yil 5-avgustda shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddat ichida V.I. Lenin nomidagi ToshDU huzuridagi yuridik institutining foydalanishida boʻlgan asosiy fondlar, oborot mablagʻlar, binolar, oʻquv korpuslari, yotoqxonalar va ularga yondosh boʻlgan hududlar va boshqa mulklar OʻzSSJ Adliya vazirligiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OʻzSSJ Adliya vazirligi bir oy muddat ichida institutning nizomini, tuzilishini hamda shtatlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. OʻzSSJ Moliya vazirligi Toshkent davlat yuridik institutini mablagʻ bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OʻzSSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-martdagi 73-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-avgust,

221-son