Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN MOJORISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI DAVLATLARARO MUNOSABATLARNING ASOSLARI TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1993-yil 3-martda Budapeshtda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Mojoriston Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabalarning asoslari toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
828-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 212-modda)