Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDA DOʻSTLIK, HAMKORLIK VA OʻZARO YORDAM TOʻGʻRISIDA”GI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. 1992-yil 29-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida”gi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
2. Qirgʻiziston Oliy Kengashi tomonidan milliy valyutani joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qirgʻiziston Respublikasi bilan tuzilgan moliya-kredit munosabatlari va oʻzaro hisob-kitob masalalariga doir shartnomalar va bitimlarni qayta koʻrib chiqish topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
823-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 207-modda)